AQSHda “Meta” kompaniyasiga 25 milliard dollar jarima solindi
AQSH Nyu-Meksika shtati sudi "Facebook" va "Instagram" foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlarini buzish bilan bog‘liq ishni ko‘rib chiqib, “Meta” kompaniyasiga 25 milliard dollar jarima soldi.
Qaror shtat rasmiylari tomonidan qo‘zg‘atilgan sud jarayonidan so‘ng qabul qilindi. Hakamlar hay’atining ko‘pchilik a’zolari “Meta” 11 yildan ortiq vaqt davomida foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini to‘plash, foydalanish va uzatish borasida noqonuniy ishlar qilganini aniqladi.
“Meta” sud qaroriga nisbatan norozilik bildirib, shikoyat qilish niyatida ekanligini e’lon qildi.
S.Rahimov, O‘zA