Germaniya armiyasida robot oshpaz sinovdan o‘tkazilmoqda
GFR qurolli kuchlari oziq-ovqat xizmati sanoatida sun’iy intellektga asoslangan oshxona texnologiyalarining salohiyatini namoyish etishga qaratilgan mustaqil robot oshpaz "CA-1"ni sinovdan o‘tkazmoqda.
Ta’kidlanishicha, hozirda taxminan 900 askar robot oshxonadan ovqat buyurtma qilishi mumkin. Myunxendagi “Circus Group” kompaniyasining “CA-1” robotidan foydalangan holda amalga oshirayotgan sinov loyihasi aprel oyidan beri davom etmoqda.
Kompaniya asoschisi va bosh direktori Nikolas Bullvinkel so‘zlariga ko‘ra, tizim taxminan yetti kvadrat metr maydonga ega to‘liq avtomatlashtirilgan oshxonadir.
Ichkarida ikkita robot taxminan o‘ttizta idishdan mahsulotlarni olib, ularni pishirish idishlariga joylashtiradi. Sensorlar jarayonlarni kuzatib borib, ovqat tayyorlashda inson nazoratini talab qiladigan vazifalarni bajaradi.
S.Rahimov, O‘zA