“Vaqf” fondi ikki oilaga uy qurib berdi
Özbekiston musulmonlari idorasi, Samarqand viloyati vakilligi hamda “Vaqf” xayriya jamoat fondi viloyat filiali masʼullari iştirokida ötkazilgan matbuot anjumanida ehtiyojmand oilalarni qöllab-quvvatlaş, nogironligi bölgan fuqarolar, bemorlar va yolğiz nuroniylarni ijtimoiy himoya qiliş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida maʼlumot berildi.
– Yurtimizda özgalar yordamiga muhtoj insonlarga kömaklaşiş, ularni moddiy va maʼnaviy qöllab-quvvatlaşga davlatimiz tomonidan ham alohida eʼtibor qaratiladi, – deydi “Vaqf” xayriya jamoat fondi Samarqand viloyati filiali rahbari Yoqubjon Mansurov. – Şu bilan birga turli jamoat taşkilotlari, jamğarmalar, jumladan, bizning “Vaqt” xayriya jamoat fondi ham uşbu faoliyat bilan şuğullanadi. Biz asosan, viloyatimizdagi Şohi Zinda, Imom Moturidiy, Xöja Doniyor, Ruhobod kabi 15 ta diniy-madaniy obʼektlarimizga tuşadigan mablağlar hamda saxovatli kişilarning muruvvat yordamlari asosida şakllanadigan pullarni ehtiyojmand xonadonlar, nogironligi bölganlar va bemorlar, boquvçisini yöqotgan oilalarga xayriya sifatida sarflaymiz. Birgina şu yilning özida fond mablağlari hisobidan Iştixon va Nurobod tumanlarida ikki oilaga yangi xonadon qurib berildi. 450 oilaga zarur yordam körsatildi. 1000 ga yaqin yetimlar holidan xabar olindi. Şuningdek, fondga yordam sörab murojaat qilgan 200 dan ortiq yurtdoşlarimizga 500 million söm mablağ ajratildi. “Mahalla obodligi va mehr-saxovat” oyligi doirasida Qöşrabot tumanidagi 250 dan ziyod ehtiyojmand oila farzandlariga maktab formalari va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Yaqinda xalqaro bağrikenglik kuni munosabati bilan xayriya marafoni taşkil etilib, viloyatimiz hududlaridagi 420 dan ziyod ehtiyojmand oilalar, yetimlar, oğir bemorlar, nogironligi bölgan fuqarolar va yolğiz yaşayotgan nuroniylarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Bu kabi tadbirlardan közlangan maqsad faqat moddiy yordam körsatiş emas, balki insonlarning dardiga quloq tutiş, ularni qöllab-quvvatlaş va jamiyatda mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlaşdan iborat.
Ğ.Hasanov, ÖzA muxbiri