Özbekistonda taʼlim oliş uçun asosan Turkmaniston va Hindiston fuqarolari kelmoqda
Sönggi yillarda Özbekistonda oliy taʼlim olişni istagan xorijiy yoşlar soni ortib bormoqda. Mamlakatimiz taʼlim muassasalarida tahsil oliş uçun turli davlatlardan kelayotgan talabalar oqimi bugungi statistik körsatkiçlarda ham öz aksini topmoqda. Xöş, joriy yilning ötgan 10 oyida Özbekistonga qança xorijlik öqiş maqsadida keldi va ular asosan qaysi davlatlar fuqarolari?
2026-yilning yanvar–oktabr oylarida 57,6 ming nafar çet el fuqarosi öqiş maqsadida Özbekistonga taşrif buyurdi. Bu haqda Milliy statistika qömitasi maʼlum qildi. Qayd etilişiça, uşbu körsatkiç 2025-yilning mos davriga nisbatan 1,7 barobarga köp.
Joriy yilning 10 oyida Özbekistonga taʼlim oliş maqsadida kelgan xorijiy fuqarolarning asosiy qismi Turkmaniston va Hindiston hissasiga töğri kelgan.
Xususan, mamlakatlar kesimidagi körsatkiçlar quyidagiça:
Turkmaniston — 21 206 nafar;
Hindiston — 16 971 nafar;
Tojikiston — 3 724 nafar;
Qirğiz Respublikasi — 2 417 nafar;
Xitoy — 2 269 nafar;
Pokiston — 2 162 nafar;
Misr — 1 677 nafar;
Koreya Respublikasi — 1 042 nafar;
Filippin — 1 029 nafar;
AQŞ — 593 nafar;
Turkiya — 432 nafar;
Janubiy Afrika Respublikasi — 385 nafar;
Buyuk Britaniya — 361 nafar;
Eron — 326 nafar;
Iordaniya — 314 nafar;
Afğoniston — 254 nafar;
Qozoğiston — 248 nafar;
Bangladeş — 201 nafar;
Nepal — 186 nafar;
Rossiya — 172 nafar.
Yuqoridagi maʼlumotlardan körinib turibdiki, Özbekistonga öqiş maqsadida kelayotgan xorijiy fuqarolar orasida Markaziy Osiyo davlatlari va Hindiston vakillari salmoqli uluşni taşkil etmoqda. Bu esa mamlakatimiz taʼlim muassasalarida taʼlim sifati va yaratilgan şaroitlar tobora yaxşilanib, xorijiy talabalar uçun jozibadorlik ortib borayotganidan dalolat beradi.
Hamroz Bayonov,
ÖzA