Inson qadri va oila xavfsizligining muhim kafolati
Buxoroda xotin-qizlar va bolalarni tazyiq hamda zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş, qonunçilik ijrosini taʼminlaş va jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Xotin-qizlar va bolalarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, ular uçun xavfsiz ijtimoiy muhit yaratiş bugungi kunda jamiyat oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Zero, zöravonlik faqat bir insonning huquqini poymol etiş bilan çeklanmaydi. U oiladagi maʼnaviy muhitga, farzandlar tarbiyasiga, jamiyatdagi özaro işonç va barqarorlikka ham salbiy taʼsir körsatadi.
Davlat rahbari taşabbusi bilan mamlakatimizda xotin-qizlar va bolalar huquqlarini işonçli himoya qiliş, ularga nisbatan tazyiq va zöravonlikning oldini oliş, jabrlanuvçilarni qöllab-quvvatlaş böyiça huquqiy va taşkiliy mexanizmlar izçil takomillaştirilmoqda. Bu borada qonunçilikni mustahkamlaş bilan birga, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş, jamoatçilikning masʼuliyatini oşiriş va idoralararo hamkorlikni kuçaytirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
“Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi Buxoro viloyati Kengaşi taşabbusi bilan taşkil etilgan oçiq muloqotda ham aynan şu masalalar atrofliça muhokama qilindi.
Unda partiya viloyat Kengaşi vakillari, mahalliy Kengaş deputatlari, viloyat Içki işlar boşqarmasi masʼullari, Respublika ixtisoslaştirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyati filiali xodimlari, mahalla faollari, “Siyosatçi ayollar” klubi aʼzolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Tadbirni partiya viloyat Kengaşi raisi örinbosari Sunnatjon Ahatov kiriş sözi bilan oçib, jamiyatda zöravonlikka nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş, xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilişda jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş muhimligini taʼkidladi.


Şuningdek, partiya deputatlari va faollari mahallalarda aholi bilan doimiy muloqot olib borişi, mavjud muammolarni joyida örganişi, qonunçilik ijrosini nazorat qilişi va har bir murojaatning yeçimi böyiça taşabbus körsatişi zarurligi qayd etildi.
Xalq deputatlari viloyat Kengaşi deputati, Ombudsmanning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili Abira Huseynova oilaviy zöravonlik holatlarining oldini oliş, jabrlanuvçilarning buzilgan huquqlarini tiklaş va ularning xavfsizligini taʼminlaş masalalariga töxtaldi. Uning taʼkidlaşiça, bunday holatlarga befarq munosabatda bölmaslik, jabrlanuvçilarning murojaatlarini öz vaqtida körib çiqiş va ularga zarur huquqiy yordam körsatiş har bir masʼul taşkilotning muhim vazifasidir.
Oliy Majlis Senati aʼzosi, Buxoro şahar Kengaşi deputati Moyra Töşova esa mahalla va jamoatçilikning zöravonlik holatlarini barvaqt aniqlaş hamda ularning oldini olişdagi örniga eʼtibor qaratdi.
Darhaqiqat, oiladagi nosoğlom muhit, tazyiq va zöravonlik holatlari köpinça dastlab yaşirin keçadi. Agar bunday vaziyatlar öz vaqtida aniqlanmasa, oqibatlari yanada oğirlaşişi mumkin. Şu bois mahalla faollari, xotin-qizlar faollari, taʼlim va tibbiyot muassasalari xodimlari örtasidagi hamkorlikni kuçaytiriş, xavfli vaziyatlarga befarq bölmaslik muhim ahamiyatga ega.
Buxoro viloyati Içki işlar boşqarmasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi boşqarmasi muhim topşiriqlar böyiça inspektori, podpolkovnik Nigora Abzalova öz maʼruzasida içki işlar organlarining qonunçilik ijrosini taʼminlaş borasidagi vazifalariga atrofliça töxtaldi.


Jumladan, 2019-yil 2-sentabrdagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş töğrisida” gi hamda 2024-yil 14-noyabrdagi “Bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş töğrisida” gi qonunlarning mazmun-mohiyati va amaliyotdagi ahamiyati tuşuntirildi.
Taʼkidlanganidek, zöravonlikka qarşi kuraşiş faqat huquqbuzarni javobgarlikka tortiş bilan çeklanmaydi. Bu jarayonda eng muhim vazifalardan biri — xavfli holatlarni barvaqt aniqlaş, jabrlanuvçilarning xavfsizligini taʼminlaş, himoya orderi talablariga rioya etilişini nazorat qiliş va takroriy zöravonlikning oldini olişdir.
Maʼruzada keltirilgan maʼlumotga köra, 2026-yilning dastlabki ön oyida Buxoro viloyatida 14 ming 471 ta himoya orderi berilgan. Bu raqamlar mavzuning naqadar dolzarb ekanini körsatadi. Zero, har bir himoya orderi ortida öz xavfsizligi va huquqlarini himoya qilişga muhtoj inson, uning oilasi va hayotiy vaziyati mujassam. Şuning uçun bu boradagi işlarni faqat statistik körsatkiçlar bilan baholaş töğri emas. Asosiy mezon — jabrlanuvçining xavfsizligi taʼminlangani, huquqlari tiklangani va zöravonlik holatining takrorlanişiga yöl qöyilmaganidir.
Oçiq muloqotda zöravonlikning inson salomatligiga taʼsiri, ayniqsa, ayollar va bolalarning jismoniy hamda ruhiy holatiga yetkazadigan zarari ham eʼtibordan çetda qolmadi.
Respublika ixtisoslaştirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyati filiali direktorining örinbosari Gulnoz Mavlonova jabrlanuvçilarga tibbiy va psixologik yordam körsatiş, ularning holatiga masʼuliyat bilan yondaşiş hamda tibbiyot xodimlarining bu boradagi vazifalari haqida söz yuritdi.
Zero, zöravonlikning asorati faqat jismoniy jarohatlar bilan namoyon bölmaydi. Ayniqsa, bolalik davrida boşdan keçirilgan ruhiy tazyiq va qörquv insonning keyingi hayoti, dunyoqaraşi va şaxs sifatida şakllanişiga ham taʼsir körsatişi mumkin. Şu sababli jabrlanuvçilarga öz vaqtida tibbiy-psixologik yordam körsatiş himoya tizimining ajralmas qismi hisoblanadi.


Oçiq muloqot yakunida iştirokçilar mavzu yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirib, mavjud muammolarni bartaraf etiş, qonunçilik ijrosini kuçaytiriş va hamkorlikni yanada rivojlantiriş böyiça takliflarini ilgari surdilar.
Taʼkidlaş joizki, zöravonlikka qarşi kuraşiş faqat huquqni muhofaza qiluvçi organlar yoki alohida taşkilotlarning vazifasi emas. Bu — oila, mahalla, taʼlim, tibbiyot muassasalari, jamoatçilik va butun jamiyatning umumiy masʼuliyatidir. Zöravonlikka befarq bölmaslik, jabrlanuvçini ayblaş emas, uni qöllab-quvvatlaş, har bir holatga öz vaqtida munosabat bildiriş orqali xavfsiz va soğlom ijtimoiy muhitni şakllantiriş mumkin.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri