Uluğnor tumanida raqamli nimstansiya foydalanişga topşirildi
Keyingi yillarda Andijon viloyatining barça hududlarida aholi va sanoat korxonalarining köpayişi ortidan elektr energiyasiga bölgan talab keskin ortib bormoqda. Ana şu ehtiyojdan kelib çiqib, qolaversa, kuz-qiş oylarida elektr energiyasi taʼminotida uzilişlar yuzaga kelişining oldini oliş maqsadida elektr energiyasi taʼminotini yanada yaxşilaşga qaratilgan qator loyihalar amalga oşirilmoqda.
Uluğnor tumanida quvvati 240 MVt bölgan zamonaviy raqamli nimstansiyaning işga tuşirilganligi ham ana şunday loyihalardan biri böldi.
Tuman hokimi M.Ahmadjonov, soha mutasaddilari, keng jamoatçilik vakillari, nuroniylar iştirokida nimstansiya oçilişiga bağişlangan tadbirda uşbu inşoot tuman iqtisodiyotini yuksaltirişda muhim ahamiyat kasb etişi taʼkidlandi.


Maydoni 1 gektar bölgan, umumiy qiymati 7,2 million AQŞ dollariga teng loyiha doirasida barpo etilgan uşbu nimstansiyada yiliga 36 million KVt-soat elektr energiyasi işlab çiqariladi. Inşootga 17,6 kilometr uzunlikdagi elektr uzatiş tarmoği tortildi.

Raqamli boşqariladigan, zamonaviy himoya tizimiga ega viloyatning eng çekka hududida işga tuşirilgan nimstansiya 30 dan ortiq yirik sanoat korxonalarining elektr energiyasi taʼminotini yaxşilaş hamda hududda energetika infratuzilmasini rivojlantirişga xizmat qiladi.
Faxriddin Ubaydullayev,
ÖzA muxbiri