Oilani asraş – farzandlar kelajagiga masʼuliyat
Qoraqalpoğiston Respublikasi sudi taşabbusi bilan oilaviy ajrimlarning oldini oliş, er-xotin örtasidagi munosabatlarni tiklaş hamda farzandlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilişga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir taşkil etildi.
Taʼkidlaş joizki, joriy yilning 9 oyi davomida fuqarolik işlari böyiça sudlarda qariyb 15 mingta iş körib tamomlangan. Ularning 3,5 mingdan ortiği, yaʼni qariyb 25 foizi oilaviy munosabatlar bilan boğliq nizolarni taşkil etgan. Mazkur raqamlar oilaviy qadriyatlarni mustahkamlaş, ajrimlarning oldini oliş va oilalarda soğlom maʼnaviy muhitni saqlaşga qaratilgan profilaktik çora-tadbirlarni yanada kuçaytiriş zarurligini körsatmoqda.

Tadbirga nikohdan ajratiş töğrisidagi daʼvo arizalari bilan sudga murojaat qilgan hamda yaraşiş uçun muhlat berilgan er-xotinlar taklif etildi.

Unda Qoraqalpoğiston Respublikasi sudi raisining örinbosari – fuqarolik işlari böyiça sudlov hayʼati raisi A.Kerimbayev, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi örinbosari – Oila va xotin-qizlar qömitasi raisi M.Axmedova, sudyalar, xotin-qizlar faollari va masjid imom-xatiblari iştirok etib, oilaning muqaddasligi, özaro hurmat va masʼuliyat, farzandlar tarbiyasi hamda ajrimlarning salbiy oqibatlari haqida fikr bildirdilar. Şuningdek, iştirokçilar eʼtiboriga “Farzand – omonat” nomli qisqa metrajli film namoyiş etildi. Unda oilaviy kelişmovçiliklar va ajrimlarning farzandlar ruhiyati hamda kelajagiga taʼsiri hayotiy voqealar orqali yoritildi.

Eng muhimi, tadbir davomida olib borilgan tuşuntiriş va yaraştiriş işlari natijasida 3 ta oila yaraşdi. Bu esa uç oilada özaro munosabatlarni tiklaş va farzandlar uçun oila muhitini saqlab qoliş yölidagi muhim natija böldi.
Zero, oilani asraş faqat nikohni saqlab qoliş emas, balki özaro hurmat, mehr-oqibat va farzandlar kelajagi uçun masʼuliyatni anglaş demakdir.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri