Ekologik barqarorlikni taʼminlaş masalalari muhokama qilindi
Bugungi kunda ekologik muammolarga qarşi kuraşiş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş, yer va suv boyliklarini asrab-avaylaş, yaşil hududlarni kengaytiriş mamlakat taraqqiyotining muhim ustuvor yönalişlaridan biriga aylandi. Prezidentimiz taşabbusi bilan ilgari surilayotgan ekologik islohotlar, xususan, “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oşirilayotgan işlar ham ana şu maqsadga xizmat qilmoqda.
Bu borada Buxoro viloyatida ham keng kölamli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Biroq hududning tabiiy-iqlim şaroiti, çöllaniş jarayonlari va çang-tözonlar tarqalişi bilan boğliq muammolar ekologik barqarorlikni taʼminlaşda tizimli yondaşuvni talab etmoqda.
Ana şu masalalar Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xöjaligi masalalari va ekologiya qömitasi hamda xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengaşining qöşma yiğilişida atrofliça muhokama qilindi.
Unda Senatning Agrar, suv xöjaligi masalalari va ekologiya qömitasi raisi Anvar Tuyçiyev, qömita raisi örinbosari Sayyora Abdikarimova, viloyat hokimi, senat aʼzosi Botir Zaripov, xalq deputatlari viloyat Kengaşi deputatlari, hokimlik masʼullari, soha mutasaddilari, işçi guruh aʼzolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.

Yiğilişga xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengaşi raisi Jamol Aşurov raislik qildi.
Qöşma yiğilişda Senatning 2026-yil ikkinçi yarmiga möljallangan iş rejasiga muvofiq, viloyatda barqaror rivojlaniş maqsadlari doirasida örmonlaştiriş, çöllanişga qarşi kuraşiş, çang-tözonlar kötarilişining oldini oliş va ekologik barqarorlikni taʼminlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar holati körib çiqildi.
Mazkur masalaning Buxoro viloyati misolida muhokama qilinişi bejiz emas. Çunki hududning öziga xos geografik joylaşuvi, quruq iqlimi, suv resurslariga bölgan ehtiyoj va ayrim yer maydonlarida kuzatilayotgan degradatsiya jarayonlari ekologik xavfsizlik masalasiga alohida eʼtibor qaratişni taqozo etadi. Bu esa faqat köçat ekiş yoki yaşil maydonlar barpo etiş bilan çeklanib qolmasdan, ularni parvarişlaş, suv bilan taʼminlaş va uzoq muddatli samaradorligini taʼminlaşni ham talab qiladi.

Şu maqsadda Senat qömitasining işçi guruhi tomonidan joriy yilning 11–12-noyabr kunlari viloyatda mazkur yönalişlarda amalga oşirilayotgan işlar örganildi. Örganiş jarayonida erişilgan natijalar bilan bir qatorda, mavjud muammo va kamçiliklar, ularning kelib çiqiş sabablari hamda bartaraf etiş imkoniyatlari tahlil qilindi.
Qöşma yiğilişda işçi guruh tomonidan ötkazilgan örganiş natijalari yuzasidan axborot berildi. Şuningdek, viloyat hokimining tegişli sohalar böyiça örinbosari H. Davlatov, viloyat Qişloq xöjaligi boşqarmasi boşliği örinbosari S. Ergaşev hamda Buxoro davlat örmon xöjaligi direktori R. Hojiyevning hisobotlari tinglandi.
Muhokamalarda örmonlaştiriş işlarining samaradorligini oşiriş, çöllaniş jarayonlarining oldini oliş, çang-tözonlar tarqalişini kamaytiriş, hududlarda yaşil maydonlarni kengaytiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Şuningdek, belgilangan vazifalar ijrosida masʼul taşkilotlarning hamkorligini kuçaytiriş, amalga oşirilayotgan işlar natijadorligini oşiriş yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Deputatlar sohadagi mavjud muammolar, ularning yeçimlari va kelgusida amalga oşirilişi lozim bölgan çora-tadbirlar yuzasidan takliflarini ilgari surdilar. Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengaşining Agrar, suv xöjaligi va ekologiya masalalari böyiça doimiy komissiyasi raisi H. Artikova ham kun tartibidagi masala yuzasidan komissiya xulosasini bayon qildi.

Taʼkidlanganidek, ekologik barqarorlikni taʼminlaş bir martalik tadbir emas, balki izçillik, masʼuliyat va uzoq muddatli rejalaştirişni talab etadigan jarayondir. Ayniqsa, Buxoro kabi tabiiy iqlim şaroiti murakkab bölgan hududlarda har bir ekilgan köçatning tutib ketişi, har bir barpo etilgan yaşil maydonning saqlanişi va har bir ekologik loyihaning aniq natija berişi muhim ahamiyat kasb etadi.
Yiğiliş yakunida bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olinib, muhokama qilingan masala yuzasidan tegişli qaror qabul qilindi. Qaror ijrosi xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengaşi tomonidan belgilangan tartibda nazoratga olinadi.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri