Iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili
Bugun yoşlarga nafaqat bilim va kasb-hunar beriş, balki ularning öz biznesini yölga qöyişi, taşabbuslarini röyobga çiqarişi va iqtisodiyotda munosib örin egallaşi uçun imkoniyat yaratiş muhim vazifalardan biriga aylanmoqda. Zero, tadbirkorlikka kirib kelayotgan har bir yoş — yangi iş örni, yangi mahsulot va hudud iqtisodiyotiga qöşilayotgan qöşimça qiymat demakdir.
Davlatimiz rahbari tomonidan yoşlar bandligini taʼminlaş, ularning tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, biznes boşlaş istagidagi yigit-qizlarga zarur şaroit va imkoniyatlar yaratişga qaratilayotgan alohida eʼtibor ham ana şu maqsadga xizmat qilmoqda. Buxoro viloyatida bu boradagi işlar izçil davom ettirilib, yoş işbilarmonlarning muammolarini bevosita örganiş va ularga amaliy yeçim topişga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Şu maqsadda viloyat hokimi Botir Zaripov yoş tadbirkorlar hamda öz biznes loyihalarini amalga oşiriş istagidagi taşabbuskor yigit-qizlar bilan oçiq muloqot ötkazdi.
Uçraşuvda turli hududlarda faoliyat yuritayotgan yoş işbilarmonlar öz tajribalari, istiqboldagi rejalari, yangi loyihalari va tadbirkorlik jarayonida duç kelayotgan muammolar haqida söz yuritişdi. Ayrimlari mavjud korxonalar faoliyatini kengaytiriş, mahsulot turlarini köpaytiriş va işlab çiqariş quvvatlarini oşiriş böyiça takliflarini bildirgan bölsa, biznes boşlaş niyatidagi yoşlar öz ğoyalarini hayotga tatbiq etiş uçun zarur kömak masalalarini kötardi.
Muloqotda işlab çiqariş va xizmat körsatiş sohalarida yangi loyihalarni yölga qöyiş, zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş, mahalliy mahsulotlar raqobatbardoşligini oşiriş, tadbirkorlik subʼektlari faoliyatini kengaytiriş kabi masalalar atrofliça muhokama qilindi. Ayniqsa, öz biznesini boşlaş istagidagi yoşlarni moliyaviy qöllab-quvvatlaş, imtiyozli kredit va subsidiyalardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş, loyihalar uçun yer maydonlari hamda bino-inşootlar ajratiş, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulaniş bilan boğliq masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.


Viloyat hokimi yoşlarning har bir taklif va murojaatini diqqat bilan tinglab, kötarilgan muammolarni tegişli mutasaddilar iştirokida örganiş, ularning qonuniy yeçimini topiş böyiça zarur vazifalarni belgiladi. Bunda masalaga faqat murojaatni körib çiqiş nuqtai nazaridan emas, balki tadbirkorning kelgusi faoliyatiga yöl oçiş, uning loyihasi rivojlanişi uçun tösiqlarni bartaraf etiş nuqtai nazaridan yondaşiş muhimligi taʼkidlandi.
Şuningdek, yoşlarning yangi biznes ğoyalarini qöllab-quvvatlaş, ularda tadbirkorlik könikmalarini şakllantiriş, istiqbolli loyihalarni amaliy bosqiçga olib çiqiş borasidagi vazifalar ham muhokama etildi.
Aslida, yoşlar tadbirkorligini rivojlantiriş birgina iqtisodiy körsatkiçlarni oşiriş bilan çeklanmaydi. Bu — yoşlarning öz imkoniyatiga işonçini mustahkamlaş, ularni mustaqil daromad manbaiga ega qiliş, yangi iş örinlari yaratiş va oilalar farovonligini taʼminlaşning samarali yölidir. Eng muhimi, bugun qöllab-quvvatlangan bir taşabbuskor ertaga önlab insonlarni iş bilan taʼminlaydigan işbilarmonga aylanişi mumkin.


Uçraşuv yakunida bildirilgan taklif va murojaatlar yuzasidan masʼullarga aniq vazifalar yuklatildi. Kötarilgan masalalarni hal etiş, yoş tadbirkorlarning loyihalarini amalga oşirişda amaliy yordam körsatiş hamda belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qiliş böyiça kelişib olindi.
Muhimi, bunday oçiq muloqotlar yoşlarning muammolarini bevosita eşitiş, ularning taşabbuslarini aniq ehtiyojlardan kelib çiqib qöllab-quvvatlaş imkonini beradi. Zero, yoşlar uçun yaratilgan imkoniyatlar qançalik samarali natija bersa, hudud iqtisodiyoti ham şunçalik jadal rivojlanadi. Buxoroda yoş işbilarmonlar safini kengaytiriş, ularning ğoyalarini amaliy loyihalarga aylantiriş va yangi iş örinlari yaratişga qaratilgan saʼy-harakatlar zamirida ham ana şu ezgu maqsad mujassam.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri