Eskrou tizimi: Uy xaridida xaridor himoyasi kuçaytirildi
Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantiriş milliy qömitasi tomonidan “Köp kvartirali uylarni va boşqa köçmas mulk obʼektlarini uluş kiritiş asosida quriş töğrisida”gi qonun loyihasi böyiça brifing ötkazildi.
Mutaxassislarning sözlariga köra, uy uçun tölangan mablağ bankda fuqaroning nomiga oçilgan eskrou hisobvarağiga tuşadi. Quruvçi pulni faqat uy topşirilib, dalolatnoma imzolangandan keyin oladi. Hisob bepul oçiladi va yuritiladi. Naqd pulda yoki natura şaklida tölaş taqiqlanadi. Quruvçi bankrot bölsa ham, eskroudagi pulni xatlab ham, undirib ham bölmaydi. Bu hisoblar omonatlarni kafolatlaş tizimiga ham kiritiladi.
Fuqarolardan pulni faqat “ixtisoslaşgan quruvçi” jalb qila oladi. U bitta loyiha va bitta ruxsatnoma doirasida işlaydi. Rahbar va yakuniy mulkdor yetkazilgan zarar uçun quruvçi bilan birgalikda javob beradi. Quruvçining öz mablaği loyiha qiymatining kamida 10 foizi bölişi şart. Qurilişning kamida 70 foizini bank bajarilgan işga qarab bosqiçma-bosqiç moliyalaştiradi.
Qayd etilişiça, şartnoma namunaviy şaklda tuziladi, notarial tasdiqlanadi va davlat röyxatidan ötkaziladi. Şu tariqa bitta uyni bir neça kişiga sotiş imkoni yöqoladi. Xaridor huquqlarini çeklovçi şartlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Maʼlumot örnida taʼkidlaş lozimki, eskrou hisobvaraği — bu xaridor va sotuvçi örtasidagi bitimlarda xavfsizlikni taʼminlovçi maxsus şartli bank hisobvarağidir. Unda xaridorning mablağlari kelişilgan şartlar (masalan, uy qurilişi tugaşi yoki köçmas mulk hujjatlari rasmiylaştirilişi) bajarilguniga qadar bank tomonidan muzlatib turiladi.
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA