Tramp va Netanyaxu Eron masalasida kelişa olmadi (+video)
AQŞ Prezidenti Donald Tramp va Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu örtasida Eronga qarşi harbiy amaliyotni tiklaş masalasida kelişmovçilik yuzaga keldi. Bu haqda Isroilning “Ynet” naşri öz manbalariga tayanib xabar bergan.
Maʼlumotga köra, dam oliş kunlari bölib ötgan ikki davlat rahbari örtasidagi telefon suhbatida Netanyaxu Eronga qarşi yana zarba beriş qarorini yoqlab çiqqan. Tramp esa Tehron bilan diplomatik muzokarani davom ettiriş tarafdori ekanini bildirgan. Manbalar muloqotni keskin, tortişuvga boy, deya taʼriflagan.
Binobarin, Isroil hukumati rahbari idorasi uşbu xabarni inkor etib, “yolğon va asossiz maʼlumot” deb atagan. Yuqori martabali bir rasmiy telefon suhbatini tasdiqlagan, ammo keskinlik kuzatilmaganiga urğu bergan.
Avvalroq “Financial Times” Netanyaxu Trampga deyarli har kuni qönğiroq qilib, Eronga qarşi harbiy harakatni yana davom ettirişga undayotgani haqida yozgan edi. “Axios” naşri ham Isroil yetakçisi AQŞ Kongressiga oraliq saylovdan keyin zarbalarni tiklaş taklifi bilan çiqqanini yozgan.
Ayni payt Turkiya, Saudiya Arabistoni, Birlaşgan Arab Amirliklari va Qatar rahbarlari Vaşingtonni harbiy harakat emas, diplomatik muzokaraga köproq vaqt ajratişga çaqirgan. Tramp ham Tehronga qarşi yangi harbiy amaliyot ötkazilişiga qarşiligini maʼlum qildi. Uning taʼkidlaşiça, muzokarada ijobiy siljiş bor, Amerika Islom Respublikasiga qarşi yana hujum boşlaşi ehtimoli past.
Davlat kotibi Marko Rubio ham 10-noyabr kuni Vaşington hozirça keng kölamli harbiy harakat zaruratini körmayotganiga eʼtibor qaratdi. Yaʼni, Tehronga nisbatan iqtisodiy bosim natija bermoqda. Faqat Eron AQŞ belgilagan “qizil çiziq”dan ötgan taqdirda, Amerika javob çorasini körişga tayyor.
Qatar ham AQŞ va Eron örtasidagi vositaçilik jarayonida ijobiy belgilar kuzatilayotganini aytdi. Şunga qaramay, yakuniy kelişuvga erişiş istiqboli hozirça noaniq.
Kenja Bekjonov, Salimjon Obidjonov (video), ÖzA