Armaniston KXŞTda ovoz beriş huquqidan mahrum etildi (+video)
Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkilotiga aʼzo davlatlar Armanistonning ovoz beriş huquqini çeklaşga qaror qildi, deb yozgan “Anadolu” agentligi.
Şuningdek, Yerevan öz vakillarini tuzilma rahbarlik lavozimlariga tayinlaş huquqidan ham vaqtinça mahrum etildi. Bu haqda Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov maʼlum qilgan.
Mulozim taʼkidlaşiça, qaror Armaniston bir neça yildan beri taşkilot oldidagi majburiyatini bajarmayotgani ortidan qabul qilingan.
RF taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov esa çeklov KXŞT nizomi 25-moddasi asosida joriy etilganiga eʼtibor qaratgan. Yaʼni, uşbu Kavkaz mamlakati 2024-yildan beri taşkilot byudjetiga aʼzolik badali tölamagan. Demak, tegişli taqiq amaliyoti mavjud qarz töliq qoplangunga qadar kuçda böladi.
Darvoqe, rus taşqi siyosat idorasi rahbari Armaniston KXŞT doirasidagi asosiy, jumladan jamoaviy xavfsizlik kafolatidan foydalaniş huquqini saqlab qolişiga urğu bergan.
Kenja Bekjonov, Uluğbek Töxtayev (video), ÖzA