Özbekiston – Rossiya III media forumi xorij matbuoti nigohida
Bugungi global axborot makonida ommaviy axborot vositalari örtasidagi xalqaro hamkorlik nafaqat tezkor va işonçli axborot almaşiş, balki mamlakatlar örtasidagi özaro işonçni mustahkamlaş, xalqlarning bir-birini yanada yaqindan anglaşi hamda madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirişning muhim omiliga aylanmoqda.
Joriy yilning 9-10-noyabr kunlari poytaxtimizda Özbekiston Milliy axborot agentligi – ÖzA va Rossiyaning TASS axborot agentligi hamkorligida III Özbekiston–Rossiya media forumi ötkazildi.
Ikki mamlakatning yetakçi ommaviy axborot vositalari rahbarlari, jurnalistlar, media sohasi mutaxassislari va mutasaddi taşkilotlar vakillarini bir maydonda jamlagan anjumanda axborot sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş, qöşma medialoyihalarni amalga oşiriş, raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan samarali foydalaniş hamda zamonaviy jurnalistika oldida turgan dolzarb vazifalar muhokama qilindi.
Eʼtiborli jihati, mazkur nufuzli yiğin RF axborot makonida ham keng aks sado berdi. Ölkaning yetakçi axborot agentliklari, telekanallari va internet naşrlari konferensiya jarayonlari, unda ilgari surilgan taşabbuslar hamda ikki tomonlama media hamkorlik istiqbollariga alohida eʼtibor qaratdi.
Rossiya ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan materiallarda forum nafaqat jurnalistlar örtasidagi navbatdagi muloqot maydoni, balki Özbekiston va Rossiya örtasidagi axborot aloqalarini yangi amaliy bosqiçga olib çiqişga xizmat qiluvçi muhim taşabbus sifatida talqin etildi.
Xususan, TASS axborot agentligining forumga oid xabarlari orasida Xalqaro faktçeking assotsiatsiyasining Özbekiston ommaviy axborot vositalari bilan kelişuvlar tayyorlayotgani haqidagi material alohida ahamiyat kasb etdi. Assotsiatsiya vitse-prezidenti Daniil Bisslinger özbekistonlik jurnalistlar va ekspertlar tomonidan hamkorlikka qiziqiş ortib borayotganini taʼkidladi.

Şuningdek, TASS xabarida Agentlik boş direktori Andrey Kondraşov qöşma televizion va raqamli loyihalarni köpaytiriş, ikki mamlakat madaniy merosi haqida körsatuvlar çiqariş, hujjatli va badiiy kinoni qöllab-quvvatlaş, muhim sanalarga bağişlangan maxsus materiallar tayyorlaş imkoniyatlarini qayd etgan.
«RIA Novosti» naşri Özbekiston raqamli texnologiyalar vazirining birinçi örinbosari Oleg Pekosning internet firibgarligiga qarşi tajriba va tezkor maʼlumot almaşiş taklifini yoritdi. U soxta ovozlar, qalbaki videolar va aldamçi saytlar çegara tanlamasligini taʼkidlab, maktab öquvçilari, talabalar, öqituvçilar, jurnalistlar va keksa avlod uçun sunʼiy intellekt savodxonligi böyiça oçiq dasturlar işlab çiqişni taklif etgan.

«Perviy kanal» telekanalining Toşkentdan tayyorlangan körsatuvi axborot xavfsizligi, sunʼiy intellekt, yangi televizion va raqamli loyihalarni yagona hamkorlik manzarasida körsatdi. Reportajda rossiyalik taniqli siyosatşunos va muharrir Fyodor Lukyanov ikki mamlakat aholisi Yangi Özbekiston va Rossiyani yanada çuqurroq bilişi zarurligiga eʼtibor qaratgan. RFning Internetni rivojlantiriş instituti boş direktori Aleksey Goreslavskiy esa hamkor mamlakat hududidan faqat suratga oliş maydoni sifatida foydalanişdan qöşma mahsulot yaratişga ötiş vaqti kelganini aytgan.

NTV telekanali forumga bağişlangan reportajda 200 dan ortiq iştirokçi — reportyorlar, muharrirlar, mediarahbarlar va sohaviy idoralar vakillari qatnaşganini qayd etdi. Materialda sunʼiy intellektdan jurnalistik tahlilda foydalaniş imkoniyatlari bilan birga, u tuzadigan axborotning işonçliligi masalasi ham kötarilgan. Xususan, NTV boş muharriri Aleksandra Koşarnitskaya işonçli manbalarga tayanuvçi modellar zarurligini taʼkidlagan.

REN TV telekanali Özbekiston Prezidenti matbuot kotibi Şerzod Asadovning ikki mamlakat media jamoalari oldida deyarli bir xil muammolar turgani, dipfeyk va dezinformatsiyaga qarşi birgalikda harakat qiliş lozimligi haqidagi fikrlarini yoritdi.

«MIR 24» telekanali materialida strategik şeriklik, raqamli özgarişlar, feyklarga qarşi kuraş va umumiy madaniy xotira bir-birini töldiruvçi mavzular sifatida berilgan. Reportajda birinçi kun yakunida hamkorlik hujjatlari, jumladan, «Soyuzmultfilm»da stajirovkalarga oid kelişuvlar imzolangani qayd etilgan.

«Komsomolskaya pravda» gazetasi Xalqaro faktçeking assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Daniil Bisslingerning işonçli maʼlumotlar va feyklar böyiça qöşma baza tuziş taklifini yoritib, soxta xabarlar köpinça millatlararo munosabatlar, iqtisodiy va ijtimoiy mavzularga daxl qilişini qayd etgan. Materialda ekspertlar muloqoti, tekşirilgan maʼlumotlar bazasi va qöşma öquv tadbirlari bir-biriga boğliq çoralar sifatida körsatilgan.

«Bolşaya Aziya» axborot-tahliliy naşri ham anjuman doirasida ikki mamlakat ommaviy axborot vositalari örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş, qöşma media loyihalarni rivojlantiriş hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalaniş masalalari muhokama qilinganiga eʼtibor qaratdi.

Umuman olganda, III Özbekiston–Rossiya mediaforumining RF ommaviy axborot vositalarida keng yoritilişi forumga bölgan yuqori qiziqiş va uning ikki mamlakat axborot makonidagi ahamiyatini namoyon etdi.
Abduaziz Xidirov,
ÖzA