Bir bino qulaşi ortidan 100 manzil tekşiruvga tortildi
AQŞning Nyu-York şahri Bruklin tumanida köp qavatli turar-joy binosi qulab tuşişi oqibatida kamida sakkiz kişi halok böldi, 18 kişi jarohatlandi. Qurbonlar orasida ikki nafar bola va ikki quriliş işçisi bor. Fojiadan söng şahar hokimi Zuhron Mamdaniy hodisa bilan boğliq bunyodkorlik manzillarini keng kölamda tekşiriş böyiça körsatma berdi.
Maʼlum bölişiça, bino yonida yil boşidan buyon qaziş işlari olib borilgan. Rasmiy hujjatlar sentabr oyida toğ jinslarini portlatiş orqali maydalaş işlari rejalaştirilganidan guvohlik bergan. Mamdaniy yaqin atrofdagi quriliş maydoniga aloqador 5 kompaniya bilan boğliq jami 100 obʼekt faoliyatini tekşiriş haqida qaror çiqargan. Xavfsizlik nuqtai nazaridan köçadagi yana 3 manzil aholisi vaqtinça köçirilgan.
Qutqaruv işiga 250 nafarga yaqin xodim jalb etildi. Kuçli yomğirga qaramay, ular hududni tozalab, odamlarni qidirdi. Keyinçalik yonğin-qutqaruv xizmati vayrona ostida boşqa jabrlanuvçilar qolmaganini tasdiqlab, amaliyotni yakunladi. Mamdaniy fojia uçun masʼul şaxslar va taşkilotlar javobgarlikka tortilişini bildirdi.
Musulmon Ziyo, ÖzA