Makron iştirokidagi marosimda ikki harbiy huşidan ketdi
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Slovakiya rahbari Peter Pellegrinini rasmiy kutib olişga tayyorlanayotgan vaqtda Yelisey saroyi oldida saf tortgan ikki harbiy huşidan ketdi. Hodisa 11-noyabr kuni Parijdagi tantanali marosim çoğida yuz berdi.
Video lavhada qöriqçilardan biri tösatdan yerga yiqilgani, uning yonida turgan Makron esa voqeaga eʼtibor qaratgani aks etgan. Delegatsiya aʼzolari huşidan ketgan harbiylarga yordam beriş uçun ular tomon şoşilgan.
Uşbu voqea sabab marosim qisqa muddatga töxtatildi. Harbiylar Slovakiya Prezidenti rasmiy taşrifi munosabati bilan tuzilgan faxriy qorovul safida edi.
Musulmon Ziyo, ÖzA