Tramp: Liviya noqonuniy migratsiya yo‘lagiga aylanmasligi kerak
Oq uy rahbari Donald Tramp Vashington va Tripoli o‘rtasida yaxshi munosabatlar mavjudligini ta’kidlab, Liviya endi noqonuniy migratsiya uchun yo‘lak bo‘lib qolmasligi kerakligini ma’lum qildi.
Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Yevropadagi noqonuniy migratsiya muammosiga to‘xtalib, Liviya xalqi irodali va mehmondo‘st ekanini, tinchlik va taraqqiyotga loyiqligini qayd etdi. Shuningdek, u Vashington va Tripoli terrorizmga qarshi kurashda mustahkam va uzoq muddatli hamkorlikni namoyish etayotganini aytib o‘tdi.
Tramp Liviya hududi orqali noqonuniy muhojirlarning o‘tishiga zudlik bilan chek qo‘yilishi zarurligini alohida tilga oldi. AQSH prezidenti Parij voqealariga to‘xtalar ekan, Yevropa mamlakatlarini, xususan, Fransiyani o‘z chegaralarini migrantlar uchun yopishga chaqirdi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA