Toşkentda Özbekiston-Tatariston hunarmandçilik kelişuvi imzolandi
Bugungi kunda Özbekiston va Tatariston Respublikasi örtasidagi köp qirrali munosabatlar yuqori bosqiçga kötarilmoqda. Ikki xalqni umumiy madaniy ildizlar, tarixiy qadriyatlar va asrlar davomida şakllangan döstlik riştalari çambarças boğlab turadi. Ana şunday maʼnaviy köpriklardan biri, şubhasiz, xalq amaliy sanʼati va hunarmandçiligidir.
Globallaşuv şiddat olgan hozirgi davrda milliy özlikni, noyob anʼanalarni saqlab qoliş va ularni kelajak avlodga bezavol yetkaziş har ikki tomon uçun ham dolzarb vazifalardan biriga aylangan.
Şunga köra, poytaxtimizda Respublika «Hunarmand» uyuşmasi raisi Rasuljon Mirzaahmedov hamda Tatariston Respublikasi delegatsiya vakillari bilan uçraşuv bölib ötdi.

Muloqot davomida Özbekiston va Tatariston örtasida hunarmandçilik sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş, ikki mamlakat hunarmandlari örtasida uçraşuvlar taşkil etiş, yoşlar uçun mahorat darslarini ötkaziş, milliy hunarmandçilik anʼanalarini asrab-avaylaş hamda ustoz-şogird anʼanalarini davom ettiriş masalalari muhokama qilindi.
Şuningdek, tomonlar özaro tajriba almaşiş, ijodiy hamkorlikni yölga qöyiş va qöşma loyihalarni amalga oşiriş yuzasidan fikr almaşdi. Uçraşuv yakunida tomonlar örtasida hunarmandçilik sohasida hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan memorandum imzolandi.

Qayd etilganidek, mazkur kelişuv ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş, milliy hunarmandçilikni xalqaro miqyosda tarğib etiş va boy madaniy merosni kelajak avlodlarga yetkazişga xizmat qiladi.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA