Jizzaxda "Yaşil makon" loyihasining kuzgi mavsumi boşlandi
"Yaşil makon" loyihasi doirasida Özbekistonda kuzgi köçat ekiş mavsumi qizğin davom etmoqda. Jizzax viloyatida minglab daraxtlar ekilib, mamlakatning ekologik kelajagi uçun muhim qadamlar taşlanmoqda.
Tabiatga munosabat insonning bugungi hayoti va ertangi kelajagini belgilaydi. Şu bois mamlakatimizda ekologik muhitni yaxşilaş davlat siyosatining muhim yönalişiga aylangan. “Yaşil makon” umummilliy loyihasi ham ana şu maqsadlarga xizmat qilmoqda.
Bugun uşbu taşabbus mamlakatimizning barça hududlarida izçil davom etmoqda. Jumladan, Jizzax viloyatining şahar va tumanlarida kuzgi köçat ekiş mavsumi allaqaçon boşlab yuborilgan. Ayniqsa, Baxmal, Zomin, Ğallaorol va Foriş tumanlarining belgilangan hududlarida işlar qizğin davom etmoqda.


Jarayonlar tuman örmon xöjaliklari, obodonlaştiriş boşqarmalari va ekologiya bölimlari hamkorligida taşkil etilmoqda. Bunda hududlarni kökalamzorlaştiriş, yaşil maydonlar kölamini kengaytiriş va aholi uçun soğlom ekologik muhit yaratişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Xususan, Şarof Raşidov tumanidagi Yangiobod mahallasida yaşil jamoat boği barpo etiş işlari boşlandi. Baxmal va Ğallaorol tumanlarida esa taʼlim va tibbiyot muassasalari, tuman hokimliklari hududlarida köçat ekiş tadbirlari ötkazildi. Ularda tuman hokimliklari vakillari, mahalla faollari, ota-onalar, pedagoglar hamda şifokorlar faol iştirok etmoqda.


Ayrim taʼlim maskanlarida “Döstlik boği” va “Ota-onalar boği” taşkil etildi. Bunday taşabbuslar yoş avlodning tabiatga munosabatini tarbiyalaşda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, ekologik madaniyat oila va taʼlim muassasasidan boşlanadi.
Xususan, Zomin tumanida “Yaşil makon” loyihasining kuzgi mavsumi uyuşqoqlik bilan olib borilmoqda. Tumandagi mahallalar, mehnat jamoalari va ijtimoiy soha muassasalari jarayonga jalb etilgan. Uşbu taşabbusni tibbiyot va taʼlim muassasalari hamda jamoatçilik vakillari ham qöllab-quvvatlamoqda. Köçat tanlaşda hududning tabiiy xususiyatlari hisobga olinmoqda. Jumladan, mahalliy iqlim va tuproq şaroitiga mos daraxt turlari saralanmoqda. Manzarali va mevali köçatlar yöl böylariga hamda taşkilotlar atrofiga ekilmoqda. Yangi barpo etilayotgan yaşil hududlar ham obodonlaştiriş işlari bilan qamrab olingan.


Mavsumning dastlabki amaliy natijalari ham diqqatga sazovor. Boğişamol va Mustaqillik mahallalaridagi jami 5 gektar maydon obodonlaştirildi. Uşbu hududlarga 3 ming 300 tup turli xil daraxt köçati ekildi.
Bu körsatkiçlar tumandagi kökalamzorlaştiriş işlarining amaliy ifodasidir. Biroq ekologik taşabbusning natijasi faqat ekiş miqdori bilan belgilanmaydi. Ekilgan har bir köçatning keyingi taqdiri ham muhim hisoblanadi.


Şuning uçun Zominda parvarişlaş va öz vaqtida suğoriş masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Köçatlarning yaşovçanligini taʼminlaş işlari ham mavsumning muhim vazifalaridan biri sanaladi. Bu yondaşuv sarflangan mehnat va resurslar samaradorligini oşirişga xizmat qiladi.
Daraxt ekiş bir kunlik tadbir emas, balki davomiy masʼuliyatdir. Uning samarasi yillar davomida parvariş va eʼtibor bilan namoyon böladi. Şu maʼnoda, Zominda boşlangan işlar hududning ekologik qiyofasini yaxşilaşga qaratilgan. Bunday taşabbuslar aholi salomatligi va kelajak avlod manfaatlariga xizmat qiladi.


Jizzax viloyatida boşlangan kuzgi mavsum doirasidagi işlar izçil davom ettiriladi. Eng muhimi, bu jarayonda ekiş bilan birga parvariş madaniyati ham mustahkamlanişi zarur. Çunki bugun qad rostlagan har bir nihol ertangi yaşil hayotning mustahkam poydevoridir.
Abdujalol Qayumov, ÖzA muxbiri