Iş beruvçilar bitiruvçilar tayyorgarligini qanday baholamoqda?
Mehnat bozoridagi rivojlaniş va talablar doimiy ravişda özgarib borayotgan bir şaroitda, taʼlim muassasalari bitiruvçilarining kasbiy tayyorgarligi va amaliy könikmalari iş beruvçilar ehtiyojlariga qançalik mos kelayotganini aniqlaş muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu borada iş beruvçilarning fikr va takliflari taʼlim sifatini oşiriş, öquv dasturlarini takomillaştiriş hamda taʼlim va işlab çiqariş örtasidagi hamkorlikni kuçaytirişda muhim örin tutadi.
Şu maqsadda bitiruvçilar tayyorgarligining mehnat bozori talablariga muvofiqligini örganiş uçun Umummilliy iş beruvçilar sörovnomasi ötkazildi.

Sörovnomada 14 ta hududdan 3 ming 775 nafar iş beruvçi iştirok etib, 169 ta oliy taʼlim muassasasi va 591 ta texnikum bitiruvçilarining tayyorgarligini baholadi.
Sörovnoma natijalariga köra, oliy taʼlim muassasalari bitiruvçilari tayyorgarligidan iş beruvçilarning 86,8 foizi, texnikum bitiruvçilari tayyorgarligidan esa 65,1 foizi qoniqiş bildirgan.
Şu bilan birga, amaliy tayyorgarlikni kuçaytiriş zarurligini oliy taʼlim muassasalari böyiça iş beruvçilarning 40,7 foizi, texnikumlar böyiça esa 53,7 foizi qayd etgan. Iş beruvçilarning 45,2 foizi tegişli oliy taʼlim muassasalari bilan doimiy hamkorlik aloqalari yöqligini bildirgan.
Iş beruvçilar fikriça, yaqin 3–5 yilda sunʼiy intellekt, raqamli texnologiyalar, yangi texnologiya va uskunalarni tez özlaştiriş hamda kreativ fikrlaş könikmalariga talab ortadi.
Şuningdek, işga qabul qilişda eng muhim kompetensiya masʼuliyat va intizom bölişi taʼkidlangan. Bu körsatkiç oliy taʼlim muassasalari bitiruvçilari uçun 55,6 foizni, texnikum bitiruvçilari uçun esa 59 foizni taşkil etgan.
Hamroz Bayonov,
ÖzA