Boğçaga borayotgan bolalar soni 2,5 milliondan oşdi
Milliy statistika qömitasi tomonidan eʼlon qilingan oxirgi maʼlumotlarga köra, Özbekistonda maktabgaça taʼlim taşkilotlariga qamrab olingan bolalar soni tarixda ilk bor 2,5 millionlik dovondan oşdi. Uşbu tarixiy körsatkiç şuni anglatadiki, birgina 2024-yil yakunlari bilan qiyoslaganda, boğçaga borayotgan öğil-qizlar soni qisqa davr içida 183,3 ming nafarga yoki 7,8 foizga oşgan.
Sönggi yillarda Özbekistonda maktabgaça taʼlim tizimini tubdan isloh qiliş, uşbu sohaga xususiy sektorni faol jalb etiş va yangi muassasalarni barpo etiş davlat siyosatining eng ustuvor yönalişlaridan biriga aylandi.
Mamlakatimiz böylab boğçalar umumiy sonining 39 ming 283 taga yetgani, ayniqsa, ularning qariyb 30 mingga yaqini oilaviy va nodavlat boğçalar hissasiga töğri kelayotgani davlat va xususiy sektor şerikligi tizimi qisqa fursatda özini töla oqlaganidan dalolat beradi.
Şuningdek, bugungi kunda maktabgaça taʼlim tizimidagi qamrovning bu qadar tez surʼatlar bilan kengayişida davlat va xususiy sektor şerikligi, xususan, oilaviy nodavlat maktabgaça taʼlim taşkilotlari asosiy harakatlantiruvçi kuç böldi.
Rasmiy maʼlumotlarga köra, mamlakatimizdagi jami 39 ming 283 ta boğçaning qariyb 75 foizi, yaʼni 29 ming 196 tasi aynan oilaviy boğçalar hissasiga töğri keladi.

Mazkur tizimning yölga qöyilişi qisqa muddat içida ikki tomonlama yuksak samara berdi. Jumladan, yirik davlat boğçalari quriş imkoniyati çeklangan çekka va olis qişloqlar, mahallalarda bolalarning boğçaga boriş imkoniyati keskin oşdi. Minglab xotin-qizlar uçun öz xonadonida doimiy iş örinlari yaratilib, oilaviy tadbirkorlik rivojlanişiga zamin hozirlandi.
Davlat tomonidan subsidiyalar va imtiyozlarning tizimli ajratilişi oilaviy boğçalarning nafaqat soni, balki körsatayotgan taʼlim va tarbiya sifati jihatidan ham raqobatbardoş muassasalarga aylanişini taʼminlamoqda.
Boğça yoşidagi har bir bolaning sifatli taʼlim olişi taʼminlanar ekan, demak, Özbekiston öz oldiga qöygan Uçinçi Renessans poydevorini mustahkamlaş yölidan sobitqadamlik bilan ilgarilab bormoqda. Zero, bugun boğça partasida ötirgan jajji öğil-qizlar — ertangi kunimizning asl bunyodkorlari.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA