Toşkentda evakuatsiyaning yangi tartibi joriy etilmoqda
Poytaxtimizda joriy yil 24-dekabrdan avtomobillarni evakuatsiya qiliş va jarima maydonçalarida saqlaş tartibini özgartiriş közda tutilmoqda.
Eng muhimi, agar avtomobil egasi maşina evakuatorga yuklanişidan oldin qaytib kelib, qoidabuzarlikni bartaraf etişga ulgursa, uni olib ketişning oldini olişi mumkin. Ammo yuklaş boşlanganidan keyin vaziyat özgaradi. Saqlaş puli avtomobil evakuatorga yuklangan vaqtdan boşlab hisoblanadi. Avtomobilni qaytariş elektron tizimda şakllantirilgan QR-kodli ruxsatnoma asosida amalga oşiriladi.
Hukumatning “Toşkent şahrida qonunçilik hujjatlari buzilganligi uçun uşlangan transport vositalarini vaqtinça saqlab turiş joylariga olib keliş, joylaştiriş va saqlaş tartibini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi qarorida bir qator çora-tadbirlar belgilab berilgan.
Toşkent şahri uçun belgilangan eng yuqori tariflar evakuatsiya — har bir kilometr uçun 88 000 sömgaça, biroq jami 1 million 760 ming sömdan oşmaydigan tartibda belgilangan. Jarima maydonçasida saqlab turiş — har bir sutka uçun 88 000 sömgaça, 3 km evakuatsiya va 3 sutka saqlab turişning özi 528 ming sömga tuşadi. Bunga qoidabuzarlik uçun solinadigan jarima ham qöşiladi.
Avtomobilni trotuarga, yaşil hududga yoki avtobus bekatiga qöyiş baʼzi haydovçilar uçun oddiy qulaylikdek tuyulişi mumkin. Har birimiz goh haydovçi, goh piyoda bölamiz. Avtomobil sotib oliş — şaxsiy tanlov. Trotuar, maysazor va bekat esa — umumiy foydalanişdagi hudud.
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA