Oila ajraşsa, ipoteka uyi kimga qoladi?
Ajraşiş jarayonida ipotekadagi uy-joy va kredit qarzi taqsimoti köplab oilalarni taşvişga soladi. Özbekiston qonunçiligi bunday murakkab vaziyatda er-xotin huquqlarini qanday himoya qiladi?
“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti matbuot xizmati quyidagi maʼlumotlarni taqdim etdi.
Özbekiston Respublikasi Oila kodeksining 23-moddasiga köra, nikoh davomida orttirilgan mol-mulk, agar qonun yoki nikoh şartnomasida boşqaça tartib belgilanmagan bölsa, er-xotinning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi. Demak, nikoh davrida ipoteka krediti orqali sotib olingan uy faqat er yoki xotin nomiga rasmiylaştirilgani sababligina uning şaxsiy mulkiga aylanib qolmaydi.
Şuningdek, er-xotinning umumiy qarzlari ularga belgilangan uluşlarga mutanosib ravişda taqsimlanadi. Masalan, sud uy-joydagi uluşlarni er va xotin örtasida teng belgilasa, umumiy qarz majburiyati ham tegişli uluşlarga mutanosib ravişda taqsimlanişi mumkin. Xususan, nikoh davomida ipoteka asosida olingan uy-joy, qoida tariqasida, er-xotinning umumiy mulki hisoblanadi. Sudning er-xotin örtasida qarzni taqsimlaşi bank bilan tuzilgan kredit şartnomasini öz-özidan özgartirmaydi. Kredit şartnomasidagi qarzdorlik, birgalikda qarz oluvçilar va garovga oid şartlar ham inobatga olinadi.
Ayrim hollarda er-xotindan biri uyda yaşaşni istaydi, ikkinçisi esa öz uluşini olişni xohlaydi. Bunday vaziyatda tomonlar özaro kelişuvga erişişi mumkin. Kelişuv bölmasa, masala sudda körib çiqiladi. Sud işning holatlari, mulkka bölgan huquqlar, tomonlarning uluşlari va mavjud kredit majburiyatlarini baholaydi. Zarur hollarda uyni böliş, bir tarafga qoldiriş va ikkinçi tarafga tegişli kompensatsiya belgilaş masalalari ham körib çiqilişi mumkin.
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA