Törtinçi avtomobil ğolibi ham aniqlandi
Xorazmda tört oydan buyon öynalayotgan “Çekni talab qiling – avtomobil yuting!” deb nomlangan yutuqli çek öyinining oktabr oyi ğoliblari aniqlandi.
Ötgan oyda mazkur öyinda qatnaşiş uçun 365 ming 594 nafar iştirokçi tomonidan 1 million 769 ming 854 ta çek röyxatdan ötkazilgan.
Mahalliy telekanal va ijtimoiy tarmoqlar orqali töğridan-töğri “jonli efir”da öynalgan öyin natijalariga köra, Urganç şahridan Indira Yusupova televizor, Yangibozorlik Nargiza Bekçanova kir yuviş maşinasi va Urganç tumanida yaşovçi Muhammad Babadjanov muzlatkiç egalari böldi.
Yutuqli çek öyinning boş sovrini bölgan “Damas” avtomaşinasi esa qöşköpirlik Gulnora Qurbanboyevaga nasib etdi.
Ahmadjon Şokirov,
ÖzA muxbiri