Isteʼmolçilar huquqlari yuzasidan bepul huquqiy maslahatlar aksiyasi
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Raqobat siyosati va isteʼmolçilar huquqlari tadqiqotlari markazi hamda “Yuksaliş” harakati bilan hamkorlikda “Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş” mavzusida bepul huquqiy maslahatlar aksiyasi ötkazilmoqda.
Taʼkidlanganidek, bugungi kunda isteʼmol bozorida fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlaş, ularning huquqiy savodxonligini oşiriş hamda isteʼmolçilar huquqlari buzilişining oldini oliş muhim ahamiyat kasb etmoqda. Şu maqsadda aholi örtasida huquqiy tarğibot işlarini kuçaytiriş, isteʼmolçilarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, mavjud muammolarga qonuniy yeçim topişga kömaklaşiş maqsadida mazkur aksiya ötkazilmoqda.

Tadbirdan közlangan asosiy maqsad - fuqarolarning isteʼmolçilar huquqlari töğrisidagi bilimlarini oşiriş, ular duç kelayotgan muammolarga huquqiy yeçim topişda amaliy yordam körsatiş va isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş mexanizmlari haqida keng tuşunça beriş, kundalik turmuşda isteʼmolçilar huquqlarining buzilişi bilan boğliq muammolar böyiça bepul huquqiy maslahatlar beriş hamda fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilişga amaliy yordam berişdan iborat.

Aksiya davomida fuqarolar malakali mutaxassislar tomonidan isteʼmolçilar huquqlarini himoya qilişga oid qonunçilik normalari yuzasidan bepul huquqiy maslahatlar oliş imkoniga ega böldilar. Xususan, iştirokçilarga sifatsiz tovar sotib olinganda isteʼmolçining huquqlari qanday himoya qilinadi? Nuqsonli tovarni almaştiriş yoki tölangan pulni qaytarib oliş tartibi qanday? Körsatilgan xizmat sifatsiz bölgan taqdirda isteʼmolçi qanday huquqlarga ega? Isteʼmolçi huquqlari buzilganda qayerga va qanday tartibda murojaat qiliş mumkin? Savdo va xizmat körsatiş sohasida isteʼmolçilarning qonuniy manfaatlari qanday taʼminlanadi?, kabi masalalar böyiça huquqiy maslahat oldilar. Şuningdek, aksiya doirasida fuqarolarning murojaatlari örganilib, ularning huquqiy muammolari böyiça amaliy tavsiyalar berildi.
Taʼkidlaş joizki, har bir isteʼmolçi öz huquqlarini bilişi, ular buzilgan taqdirda esa qonunçilikda belgilangan tartibda himoya qila olişi lozim. Zero, huquqiy bilimli isteʼmolçi adolatli va şaffof isteʼmol bozorining muhim kafolatidir.
Mazkur aksiya isteʼmolçilarning huquqiy bilimlarini mustahkamlaş, ularning öz huquqlarini bilişi va himoya qila oliş könikmalarini şakllantiriş, şuningdek, aholi va tadbirkorlik subʼektlari örtasida qonuniylik hamda özaro işonç muhitini rivojlantirişga xizmat qiladi.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri