Xorazmda giyohvandlikka qarşi qanday kuraşilmoqda?
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi işçi guruhi tomonidan Xorazm viloyati bojxona boşqarmasida giyohvandlik vositalari hamda boşqa taqiqlangan moddalarning noqonuniy aylanişiga qarşi kuraşiş, ularning mamlakat hududiga olib kirilişi va tarqalişining oldini oliş borasida amalga oşirilayotgan işlar örganildi.
Örganiş davomida mazkur yönalişda olib borilayotgan tezkor-profilaktik tadbirlar, bojxona nazorati samaradorligini oşiriş, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlaş hamda noqonuniy olib kiriş kanallariga çek qöyiş borasidagi işlar va erişilgan natijalarga eʼtibor qaratildi.

Xususan, Xorazm viloyati bojxona boşqarmasi tomonidan 2026-yilning ötgan 10 oyi davomida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanişiga qarşi kuraşiş yönalişida 24 ta holat aniqlanib, jami 7 ming 593,94 gramm giyohvandlik vositalari hamda 18 tup giyohvandlik ösimligi noqonuniy muomalasi aniqlandi.

Şuningdek, psixotrop va kuçli taʼsir qiluvçi moddalar bilan boğliq 15 ta holatda jami 221 gramm dori vositalari daliliy aşyo sifatida olindi.
Endilikda örganiş işlari viloyat bojxona boşqarmasi tasarrufidagi bojxona postlarida ham davom ettiriladi.
Ahmadjon Şokirov,
ÖzA muxbiri