Jasorat, vatanparvarlik va birlik bilan yuksak maqsadlar sari
Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyda şu şior ostida Xorazm viloyatidagi “Jasorat maktabi” iştirokçilari hamda harbiy qism va muassasalarning muddatli harbiy xizmatçilari iştirokida keng qamrovli maʼnaviy-maʼrifiy va sport tadbirlari taşkil etildi.
Tadbirlarning asosiy maqsadi yoş avlodning maʼnaviy dunyoqaraşini boyitiş, qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyğularini mustahkamlaş, jamoaviylik, iroda hamda soğlom turmuş tarziga intilişni şakllantirişdan iborat böldi.
Dastur doirasida iştirokçilar “Zakovat” intellektual bellaşuvi hamda voleybol, şaxmat, şaşka, arqon tortiş va stol tennisi kabi sport musobaqalarida özaro kuç sinaşdi. Murosasiz va kötarinki ruhda keçgan bellaşuvlarda yoşlarning bilimi, salohiyati, zukkoligi, çaqqonligi va jamoa bilan işlaş mahorati namoyon böldi.
– Bunday uçraşuvlar şunçaki musobaqa emas, balki yoşlar qalbida Vatanga daxldorlik, mardlik, jasorat va yuksak masʼuliyat tuyğularini qaror toptiradigan muhim hayot maktabidir, – deydi harbiy-akademik litsey direktori, polkovnik Ixtiyor Saidov.
[gallery-32442]
Yakuniy natijalarga köra, faol iştirokçilar Şimoli-ğarbiy harbiy okrug qömondonligi, Urganç harbiy prokuraturasi, Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litsey hamda Xorazm viloyati Mudofaa işlari boşqarmasining esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Ahmadjon Şokirov,
Behzod Saidov(surat),
ÖzA muxbirlari