Şahrimizning ertangi qiyofasi aynan bugungi tanlovlarimizdan boşlanadi
Bir neça kun davomida poytaxtda kuzatilgan yuqori havo ifloslanişidan aziyat çekkanlar qatorida men ham bor edim. Havodagi çang taʼsirida nafas qisişi, burun bitişi, aksiriş, köz va tomoq qiçişişi va yötal kabi belgilar bilan oilaviy şifokor körsatmasi asosida tibbiy muolajalar olib turişga majbur böldim.
Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan örganişlarga köra, oktabr oyi oxirida kuzatilgan noqulay ob-havo şaroitiga antitsiklon taʼsiri, şamolning susayişi, yoğingarçilikning yöqligi va harorat inversiyasi sabab bölgan. Buning natijasida transport, sanoat va energetika korxonalaridan atmosferaga çiqarilayotgan zararli moddalar, şuningdek, tabiiy çang havoning quyi qatlamlarida töplanib qolgan. Albatta, bunday meteorologik şaroit havoning ifloslanişi kuçayişiga turtki bergan köplab omillardan faqat bir qismi. Biroq, bu holat yana bir muhim haqiqatni kun tartibiga olib çiqdi: şahar havosining sifati nafaqat tabiiy-iqlimiy şaroitlarga, balki insonning kundalik faoliyati, ayniqsa, transportdan foydalaniş madaniyati va şahar infratuzilmasiga ham bevosita boğliq.
Işga ketayotib şu haqda öylar ekanman, navbatdagi qizil çiroq qarşisida töxtab qoldim. Atrofga razm soldim. Yöllardagi manzara deyarli har kuni takrorlanadigan holat: kimdir işga, kimdir öqişga, yana kimdir öz yumuşlari bilan yölga çiqqan. Hamma şoşyapti. Ammo manzilga qaçon yetib borişini heç kim aniq bilmaydi. Ayniqsa, tirbandlik kuçaygan paytlarda şaxsiy avtomobilda harakatlaniş jamoat transportidan foydalanişga qaraganda köproq vaqt talab qilişi ham mumkin. Eng taşvişlisi, avtomobil tirbandliklari faqat vaqtimizni öğirlayotgani yöq. Ular havo ifloslanişi muammosini ham yanada oğirlaştirmoqda. Yöllarda bir joyda uzoq vaqt töplanib turgan minglab avtomobillardan çiqadigan çiqindi gazlar va mayda zarraçalar şahar havosiga qöşimça ifloslantiruvçi moddalarni tarqatadi. Bu esa allaqaçon ekologik bosim ostida qolgan şahar muhiti va, eng avvalo, inson salomatligi uçun yana bir jiddiy xavfdir.

Men ham şahar böylab şaxsiy maşinamda harakatlanişni qulay deb öylardim. Ammo sönggi vaqtlarda boşqaça qarorga keldim: avtoulovimni uyda qoldirib, metro xizmatidan foydalanişni lozim deb bildim. Bu şunçaki transport vositasini almaştiriş emas. Bu men uçun — vaqt, qulaylik, iqtisod va şahar muhitiga boşqaça nazar bilan qaraşga undaydigan tanlov bölib tuyuldi. Belgilangan yönaliş, harakat jadvali va yerosti yöli orqali şaharning bir nuqtasidan boşqasiga yetib oliş mumkin. Eng muhimi, yöldagi tirbandlik kayfiyatingiz va kun tartibingizni belgilamaydi.

Aslida metroning ahamiyatini faqat bir manzildan ikkinçisiga yetkazib qöyişi bilan ölçab bölmaydi. U şaharning transport yuklamasini kamaytiradi, köçalardagi avtomobillar sonini qisqartirişga xizmat qiladi, havoga çiqariladigan zararli çiqindilarni kamaytiriş imkonini beradi.
— Bugun dunyoda transport tizimining raqobatbardoşligi unda qöllanilayotgan texnologiyalar bilan ham çambarças boğliq, — deydi “Toşkent metropoliteni” AJ Harakat xizmati distansiya boşliği Akbarali Haydarov. — Toşkent metropolitenida ham yölovçilarga qulaylik yaratiş maqsadida raqamli xizmatlar izçil rivojlantirilmoqda. Ilgari yerosti bekatlarida mobil aloqa imkoniyatlari çeklangan bölsa, bugungi kunda deyarli barça yirik mobil aloqa operatorlarining barqaror signal qamrovi taʼminlangan. Bekatlarda bepul Metro Wi-Fi xizmati yölga qöyilgan, tunnellarda ham mobil aloqa sifatini yaxşilaş böyiça texnik işlar amalga oşirilgan.
Metropoliten rivojlanişining haqiqiy natijasi eng avvalo, undan foydalanayotgan yölovçilar soni va ularga körsatilayotgan xizmat sifatida namoyon böladi. Masalan, ötgan yillar davomida Toşkent metropoliteni bir kunda örtaça 280–300 ming nafar yölovçiga xizmat körsatgan bölsa, 2026-yilga kelib bu körsatkiç 1,2 million nafardan oşdi. Bunday ösiş tizim zimmasidagi masʼuliyatni ham bir neça barobar oşiradi. Yölovçilar oqimining ortişi munosabati bilan harakat tarkiblari parki kengaytirildi. Agar 2021-yilga qadar metropolitenda jami 40 ta harakat tarkibi xizmat körsatgan bölsa, 2026-yilga kelib 55 ta zamonaviy harakat tarkibi xarid qilindi. Natijada harakat tarkiblarining umumiy soni 90 tadan oşdi.
Şuningdek, mutaxassisning taʼkidlaşiça, metropoliten infratuzilmasini yaxşilaş böyiça ham bir qator çoralar közda tutilgan. Xususan, 2030-yilgaça metropolitenda kunlik yölovçilar sonini 1,8 million nafarga yetkaziş, metro bekatlari sonini 79 taga, liniyalar uzunligini 103 kilometrgaça oşiriş maqsad qilingan. Şuningdek, poyezdlar harakati intervalini bosqiçma-bosqiç 1,5-3 daqiqagaça qisqartiriş rejalaştirilgan.
Darhaqiqat, Toşkent metropoliteni bugun avvalgi yillarga nisbatan ança kengaygan. Yangi bekatlar, zamonaviy poyezdlar, rekonstruksiya qilingan inşootlar, elektron tölov tizimlari va yölovçilar uçun yaratilayotgan qulayliklar metro xizmatining ahamiyatini yanada oşirmoqda.
Şaxsiy avtomobilning ham qulay tomonlari köp, albatta. Istagan manzilingizga yöl olasiz, yönalişni özingiz tanlaysiz. Ammo katta şaharda bu qulaylik har doim ham özini oqlamaydi. Tirbandlik, yoqilği xarajati, avtomobilni joylaş uçun “parkovka” izlaş, taʼmirlaş va texnik xizmat — bularning barçasi haydovçidan vaqt hamda mablağ talab qiladi. Metro esa köp hollarda bu taşvişlarni çetlab ötiş imkonini beradi. Bir kişining şaxsiy maşinasini uyda qoldirişi ekologiya va yöl muammolarini hal qilib yubormaydi. Ammo minglab odamlar şunday tanlov qilsaçi? Bu nafaqat yöllardagi tirbandlikka, balki tabiat musaffoligiga ham ijobiy taʼsir körsatişi mumkin. Bundan taşqari, jamoat transportidan foydalaniş — umumiy makonga hurmat, boşqalarning vaqti va qulayligini ham hisobga oliş madaniyati.
Albatta, metro hamma uçun va har qanday yönalişda birdek qulay bölmasligi mumkin. Biroq jamoat transportining sifati va qamrovi oşgan sari uni tanlaydiganlar ham köpayadi. Unutmaylik, şahar faqat avtomobillar uçun emas, insonlar uçun quriladi. Uning köçalarida piyoda yuriş, velosiped haydaş va jamoat transportida erkin harakatlaniş imkoni bölişi kerak.
Ehtimol, şahrimizning ertangi qiyofasi ham aynan bugungi tanlovlarimizdan boşlanar. Men öz tanlovimni qildim — tirbandlikda vaqt yöqotiş örniga metroni tanladim. Bu tanlovim nafaqat şaxsiy qulayligim, balki şahrimizning kelajagi uçun ham foydali bölişini istardim.
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA