Termiziylar merosi dunyo islomşunoslari nigohida
Termiz şahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Hakim Termiziy ilmiy-maʼnaviy merosining bugungi kundagi ahamiyati” mavzuiga bağişlangan xalqaro ilmiy konferensiya bölib ötmoqda.
Prezidentimizning joriy yil 24-iyuldagi “Buyuk vatandoşimiz, hadis va tasavvuf ilmining yetuk namoyandasi Hakim Termiziy tavalludining 1200-yilligini keng nişonlaş töğrisida”gi qaroriga muvofiq taşkil etilgan anjumanda xorijlik va mahalliy taniqli olimlar, islomşunoslar, şarqşunoslar, tasavvufşunos mutaxassislar, xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillari, mamlakatimizdagi oliy taʼlim va ilmiy muassasalar olimlari iştirok etmoqda.

Xalqaro ilmiy anjuman Qurʼoni karim tilovati bilan boşlandi.

Konferensiyani viloyat hokimi Uluğbek Qosimov oçib, iştirokçilarni tabrikladi. Uluğ ajdodlarimiz merosini çuqur örganiş, muqaddas qadamjolarni obod qiliş, ilmiy-tadqiqot markazlari barpo etib, allomalarimiz hayoti va asarlarini tadqiq etiş yuzasidan amalga oşirilayotgan işlar haqida atrofliça söz yuritdi. Konferensiya işiga muvaffaqiyat tiladi.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi Ergaş Daminov, Özbekiston Respublikasi Din işlari böyiça qömitasi raisi örinbosari, professor Davron Maxsudov, Özbekiston Musulmonlari idorasi raisining birinçi örinbosari Xomidjon Ismatbekov, Malayziyaning Sabah viloyati muftisi Datuk Bungsu Abd Aziz bin Jaʼfar, Qirğiziston Islom akademiyasi rektori Ermamat Ergaşev, Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toşqulov sözga çiqib, anjuman taşkilotçilariga minnatdorlik bildirdi. Anjuman qatnaşçilarini muborakbod etdi. Mamlakatimizda muqaddas islom dini rivojiga öz hissasini qöşgan buyuk mutafakkirlarimizning hayoti va ilmiy izlanişlarini örganib, tadqiq etiş yölida olib borilayotgan keng kölamli işlar va jahon mulkiga aylangan asarlarining mazmun-mohiyati, bugungi kundagi ahamiyati haqida fikr yuritdi.

Ötmişdan köhna Termizda ulğaygan buyuk allomalar islom tamaddunining yuksaliş davrini yaratişga hadis, aqida ilmi, fiqh, tasavvuf va maʼnaviy-ruhiy tarbiya masalalaridagi taʼlimoti bilan katta hissa qöşgan. Öz davrida bu yurtning maʼrifat maskani nafaqat diniy, balki dunyoviy-adabiy sohalarda ham islom madaniyatini boyitgan olimu fuzalolari bilan jahonga tanilgan.

Sayyoramizda globallaşuv jarayonlari keçayotgan bizning davrimizda ham Termiziylar merosining ilmiy, maʼnaviy va tarbiyaviy ahamiyati tobora oşib bormoqda. Zamonaviy ilm-fan, psixologiya, dinşunoslik, axloqiy tarbiya kabi sohalarda keng örganilib, amaliyotga joriy etilmoqda. Ayniqsa, keyingi yillarda uluğ ajdodlarimiz merosini örganişga qaratilayotgan yuksak eʼtiborni jahon hamjamiyati alohida eʼtirof etmoqda. Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi boy merosni örganib, nodir qölyozmalarni tadqiq etmoqda. Xalqaro miqyosda tarğib qilayotir.

Hakim Termiziy IX-X asrlarda yaşab, islom ilmlari va maʼnaviy tafakkur taraqqiyotida öz örniga ega bölgan buyuk mutafakkir. "al-Hakim" unvoni berilgan ul zotning inson qalbi va ruhiyati, maʼrifat, axloq, nafs tarbiyasi, ilm va maʼnaviy kamolotga oid qaraşlari asrlar davomida öz ahamiyatini yöqotmay, insonlarni ezgu amallarga çorlab kelmoqda. Uluğ mutafakkirning “Xatm ul-avliyo”, “Adab un-nafs”, “Bayon ul-farq” singari köplab asarlarida ilgari surilgan ğoyalar bugungi kunda ham inson maʼnaviyatini yuksaltirib, jamiyatda ezgulik, bağrikenglik va maʼrifiy tafakkurni qaror toptirişda muhim ilmiy-maʼnaviy manba bölib xizmat qilmoqda.

Buyuk allomaga beşik bölgan muqaddas zaminda ötkazilayotgan konferensiya ham Hakim Termiziy ilmiy-maʼnaviy merosini xalqaro miqyosda keng tarğib qilib, ul zotning asarlarini zamonaviy ilmiy yondaşuvlar asosida tadqiq etişga, xorijlik va mahalliy olimlar örtasida ilmiy hamkorlikni rivojlantirişga, alloma ilgari surgan maʼrifat, maʼnaviy kamolot va insonparvarlik ğoyalarining hozirgi davrdagi örnini oçib berişga qaratilgani bilan ahamiyatli bölmoqda.

Xalqaro anjumanning yalpi majlisida mamlakatimiz va xorijlik olimlarning “Tasavvuf va şialik örtasidagi aloqadorlik: Hakim Termiziy misolida”, “Metodologik yondaşuvlar: Xolid Zahriyning “Hakim Xuroson va Anisu-z-zamon” asaridagi tahliliy tadqiqot”, “Hakim Termiziy va Abu Mansur Moturidiyning aqidaviy qaraşlari va ğoyaviy aloqadorligi masalasi”, “Imom Termiziy qaraşlarida tanqidiy istilohlar (tuzilişi va mazmuniy xususiyatlari tahlili)” singari mavzudagi maʼruzalari tinglandi.
Konferensiya xorijlik va mahalliy islomşunos olimu ilmiy tadqiqotçilarining “Islom sivilizatsiyasi rivojida Hakim Termiziy va termiziylar maktabi” hamda “Termiziy maʼnaviy merosi-zamonaviy global tahdidlarga yeçim” mavzuiga bağişlangan şuʼba yiğilişlarida davom etmoqda.

Ilmiy anjuman köhna va hamişa navqiron zaminning boy ilmiy-maʼrifiy anʼanalarini xalqaro hamjamiyatga yanada keng tanitib, Özbekistonning islom tamadduni rivojiga qöşgan tarixiy hissasini namoyon etiş va mamlakatimizda buyuk allomalar merosini örganib, tarğib qiliş yuzasidan amalga oşirilayotgan ezgu işlarga xalqaro hamjamiyat eʼtiborini qaratişga xizmat qilişi bilan iştirokçilarda katta qiziqiş uyğotmoqda.

Konferensiya yakunida Hakim Termiziy ilmiy merosini örganiş va tarğib etiş, ilmiy tadqiqotlar kölamini kengaytirib, xalqaro ilmiy aloqalarni mustahkamlaş, kelgusidagi özaro hamkorlik yönalişlarini belgilaşga qaratilgan taklif va tavsiyalar işlab çiqiladi.
Xolmömin Mamatrayimov,
ÖzA muxbiri