Moddiy yordam ajratildi
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada ijtimoiy davlat sifatida belgilangan Özbekistonda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar jarayonida insonparvarlik siyosati alohida ustuvorlik kasb etmoqda.
Prezidentimizning 2026-yil 28-oktabrdagi “Yoqilği-energetika sohasida bozor tamoyillariga ötiş jarayonida aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni aholining ehtiyojmand qatlamlarini kuz-qiş mavsumida ijtimoiy himoya qilişga katta turtki berdi.

Uşbu farmonga binoan, joriy isitiş davrida belgilangan toifadagi ehtiyojmand oilalarga şu yil noyabr oyida bir million sömdan bir martalik moddiy yordam ajratiş nazarda tutilgan. Qolaversa, elektr energiyasi va tabiiy gaz uçun xarajatlarni qoplaş, kömir xaridining bir qismini kompensatsiya qiliş singari qöşimça imtiyozlar ham eʼtiborga olingan.

Ayni kunlarda Namanganda ham isitiş mavsumida ehtiyojmand, kam taʼminlangan oilalarni qöllab-quvvatlaş maqsadida moddiy yordam mablağlarini öz manzillariga yetkaziş işlari taşkil etilmoqda. Qayd etiş joiz, viloyatdagi moddiy yordamga muhtoj 100 mingga yaqin oilaga ajratilgan qariyb 100 milliard söm pullar isitiş mavsumida elektr energiyasi, tabiiy gaz va kömir xaridi bilan boğliq xarajatlarini qoplaşga yönaltiriladi.

Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Namangan viloyati boşqarmasi boşliği Ibrohim Hojiyev Namangan tumanidagi mahallalarda bölib, fuqarolarga bir martalik moddiy yordam ajratilgani töğrisidagi maxsus xabarnomalarni yetkazdi.
Bunday yöqlovlar viloyatning şahar va tumanlarida agentlik qoşidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari hamda mahalla yettiligi vakillari iştirokida ötkkazilmoqda.

– Xorijiy davlatda mehnat faoliyatimni olib borayotgan vaqtimda kutilmagan baxtsiz hodisa tufayli oğir jarohat oldim. Ana şunday oğir kunlarda davlatimiz bizni yolğiz qoldirmadi, imkon qadar moddiy va maʼnaviy yordam körsatib kelmoqda, – deydi Davlatobod tumanidagi Yelxon mahallasida yaşovçi Anvarjon Qöşmonov. Ötgan yili kuz-qiş mavsumida bir martalik moddiy yordam olgan edik. Bu yil ham uşbu yordamni olişimiz haqida xabarnoma yetib keldi. Oçiğini aytganda, bu mablağ biz uçun juda katta kömak. Uni kömir xarid qilişga sarflab, qiş kunlarida uyimizni isitiş uçun işlatamiz. Buning uçun mamlakatimiz rahbaridan behad minnatdormiz.

Darhaqiqat, sovuq kunlarda ehtiyojmand kişilarga körsatilayotgan bunday kömak aholi farovonligini taʼminlaş, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qöllab-quvvatlaş, qiş mavsumini munosib ötkaziş, “Inson qadri uçun!” tamoyilining amaldagi ifodasi bölib xizmat qiladi.
Oqilxon Dadaboyev, ÖzA muxbiri