80 nafar xotin-qizga subsidiya asosida çorva mollari topşirildi
Qoraqalpoğiston Respublikasi Beruniy tumanida xotin-qizlarning bandligini taʼminlaş, ularning daromad manbalarini kengaytiriş hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirişga qaratilgan tizimli işlar amalga oşirilmoqda.
Uşbu yönalişdagi işlar doirasida ijtimoiy reyestrda va “Ayollar daftari”da turgan 80 nafar xotin-qizga subsidiya asosida çorva mollari topşirildi. Jumladan, tumandagi “Şukurullo Babajanov” fermer xöjaligi tomonidan veterinar körigidan ötkazilgan çorva mollari öz egalariga tarqatildi.

Beruniy tumanida joriy yil 7-bosqiç “Ayollar daftari”ga 6 ming 67 nafar xotin-qiz kiritilgan bölib, ularga 5 toifa asosida amaliy yordam körsatilişi yölga qöyilgan. Mazkur taşabbus orqali xotin-qizlarning özini-özi band qilişi, çorvaçilik bilan şuğullanişi, oilaviy daromadini oşirişi va iqtisodiy mustaqilligini taʼminlaşga kömaklaşiş maqsad qilingan.
Bunday amaliy yordam xotin-qizlarning tadbirkorlik salohiyatini röyobga çiqariş, oilalar farovonligini yuksaltiriş hamda hududda kambağallikni qisqartirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri