Qöşimça qulayliklar yaratiladi
Xalqaro transport yölaklarini rivojlantiriş, tranzit salohiyatidan samarali foydalaniş va çegara-bojxona infratuzilmasini zamon talablari asosida takomillaştiriş mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining muhim yönalişlaridan biridir. Ayniqsa, xalqaro yuk taşuvlari hajmi ortib borayotgan bugungi şaroitda çegara punktlarida tezkorlik, qulaylik va xizmatlar sifatiga bölgan talab yanada kuçaymoqda.
Davlat rahbari taşabbusi bilan mamlakatimizda transport-logistika tizimini rivojlantiriş, eksport va tranzit imkoniyatlarini kengaytiriş, bojxona tartib-taomillarini soddalaştiriş hamda tadbirkorlar va taşuvçilar uçun qulay işbilarmonlik muhitini yaratişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada çegara hududlaridagi infratuzilmani takomillaştiriş amaliy natijalarga erişişning muhim omili hisoblanadi.
Ana şu vazifalar ijrosi doirasida Buxoro viloyati bojxona boşqarmasi boşliği B. Murodovning “Olot” çegara bojxona postidagi navbatdagi örganişlari davomida mahalliy va xalqaro yuk taşuvçilar bilan oçiq muloqot ötkazildi.

Unda xalqaro taşuvlar jarayonida bojxona rasmiylaştiruvi bilan boğliq masalalar, yuzaga kelayotgan muammolarni tezkor hal etiş, xizmatlar samaradorligini oşiriş va taşuvçilarning takliflarini amaliyotga tatbiq qiliş masalalari muhokama etildi. Muloqotda taşuvçilarning fikr va murojaatlarini bevosita eşitiş, mavjud tösiqlarni joyida aniqlaş hamda ularning yeçimi böyiça aniq çoralar belgilaşga eʼtibor qaratildi.
Şuningdek, “Olot” bojxona terminali masʼullari bilan ötkazilgan muloqotda ortib borayotgan transport oqimiga mos ravişda terminal quvvatini oşiriş, avtoturargohlar siğimini kengaytiriş va infratuzilmani yanada rivojlantiriş masalalari körib çiqildi.
Maʼlum qilinişiça, terminal uçun ajratilgan 28 gektar yer maydonining 8 gektarida avtoturargoh barpo etilgan. Ayni paytda yana 3,9 gektar maydonda quriliş işlari olib borilmoqda. Örganiş davomida uşbu işlarni jadallaştiriş, quriliş jarayonlarining sifatli taşkil etilişi va xalqaro yuk taşuvçilar uçun qöşimça qulayliklar yaratiş yuzasidan fikrlar almaşildi.
Raqamlar esa mazkur infratuzilmaning mintaqaviy transport tizimidagi ahamiyatini yaqqol körsatadi. Joriy yil boşidan buyon “Olot” bojxona terminali xizmatlaridan kiriş va çiqiş yönalişlarida jami 178 mingta yuk avtotransport vositasi foydalangan.

Bu körsatkiç çegara hududidagi transport harakati kölami qançalik kengayib borayotganini anglatadi. Bunday şaroitda faqat mavjud imkoniyatlar bilan çeklanib qolmasdan, terminalning ötkazuvçanlik quvvatini oşiriş, avtoturargohlar va xizmat körsatiş infratuzilmasini kengaytiriş, ortiqça kutişlarni kamaytiriş muhim ahamiyat kasb etadi.
Zero, çegaradagi har bir daqiqalik tejamkorlik taşuvçilar uçun iqtisodiy samara, eksportyorlar uçun vaqt va xarajatlar tejalişi, mamlakatimiz uçun esa tranzit jozibadorligining ortişi demakdir.
“Olot” çegara bojxona postida olib borilayotgan örganişlar va infratuzilmani rivojlantirişga qaratilgan işlar ham aynan şu maqsadlarga — xalqaro yuk taşuvlarini qulay, tezkor va samarali taşkil etiş, Buxoro viloyatining transport-logistika imkoniyatlaridan töliq foydalanişga xizmat qiladi.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri