Angorliklar qişga qanday tayyorgarlik kördi?
Ayozli fasl boşlanmoqda. Keksalarimiz taʼbiri bilan aytganda, mezon çiqib, aqrab kiradigan kunlar yaqinlaşyapti. Izğirinli, sovuq kunlar oldidan joylarda qiş faslini betalafot ötkazişga alohida tayyorgarlik körilmoqda.
Xalqimizda qişning kuni qirq turli, qirqovi ham qiliqli, degan purmaʼno gap bejiz aytilmagan. Özgaruvçan qiş ob-havosi kutilmagan böronli, sovuq kunlari bilan kişini sinovdan ötkazadi. Qiş faslining möʼtadil yoki sovuq kelişi ham kuzda ayon bölib qoladi. Bu yil xazonrezgi faslda toğlarga qöngan oppoq qor qişli-qirovli kunlar yaqin ekanidan darak berayotganga öxşaydi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga köra, joriy yil Surxondaryo viloyatidagi toğlarga ham ilk qor erta tuşdi. Harorat pasaydi. Issiq havo ötgan yilga nisbatan ertaroq çekinib, örnini iliqlik egalladi. Kuz yomğiri yoğib, viloyatda sovuq kunlar eşik qoqayotganidan xabar berdi.
Maʼlumotlarga köra, janubdagi viloyatda 540 mingdan ortiq xonadonda qariyb 743 ming oila yaşaydi. Ularning 150 mingdan ortiği tabiiy gazdan foydalanadi. Bu raqam xonadonlarni isitiş uçun kömir yoqilğisiga ehtiyoj yuqoriligini anglatadi. Vohaning Angor tumanida tört mingga yaqin xonadon tabiiy gaz tarmoğiga ulangan. Demak, tumanda qiş uçun kömir zaxirasini yaratiş muhim vazifalardan biri sanaladi.

– Bu yil qiş tumanimizga ötgan yillardan ertaroq keladigan ob-havo ulaşmoqda, – deydi Angor tumani hokimligi axborot xizmati rahbari Gavhar Jumayeva. – Tumanda kuz-qiş mavsumini betalafot ötkazişga ham tayyorgarlik yakuniga yetmoqda. Aholi is gazidan ehtiyot bölişga, qölbola isitiş uskunalaridan foydalanmaslikka çaqirilib, xonadonlar va ijtimoiy soha obʼektlarini kömir yoqilğisi bilan taʼminlaşga alohida ahamiyat berilmoqda. Şuningdek, isteʼmolçilarga barqaror tabiiy gaz va elektr energiyasi yetkazib beriş böyiça ham zarur çora-tadbirlar belgilab olingan.
Tumanda aholining sovuq kunlarda şoşib qolmasligi uçun kuz-qiş mavsumiga 7 ming 675 tonnaga yaqin kömir jamğarildi. Beş ming tonnaga yaqin zaxira yaratildi. Jamğarilgan qattiq yoqilğining tört ming tonnaga yaqini ijtimoiy soha obʼektlariga, tört yarim ming tonnadan ortiği aholi xonadonlariga taqsimlangan. Mavjud 88 ta ijtimoiy soha muassasasiga taqsimlangan kömir töliq yetkazib berildi. Aholi uçun ajratilgan 4 578 tonna qattiq yoqilğining qariyb ikki ming tonnasi tarqatildi.

Ayni kunlarda xonadonlarga kömir tarqatiş belgilangan reja asosida davom ettirilmoqda.
Nilufar Bozorova, ÖzA muxbiri