Ikki tup daraxt uçun 27 million söm
Samarqand viloyatining Paxtaçi tumani ekologiya va iqlim özgarişi bölimi davlat inspektorlari tomonidan ötkazilgan nazorat tadbirlarida tabiatga zarar yetkaziş bilan boğliq bir qator holatlar aniqlandi.
Jumladan, tumanning Suluvqörğon mahallasida yaşovçi fuqaro A.E. mahalla hududidagi yer maydonida ösib turgan ikki tup Eldor qarağayi daraxtini belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilmagan holda kesib olgani aniqlandi.
Huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga köra, 11 million söm miqdorida jarima hamda ösimlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdori 15 million 840 ming söm etib hisoblandi.

Şuningdek, inspektorlar tomonidan Qoradaryo daryosi muhofaza hududida ötkazilgan nazorat tadbirida Pastdarğom tumanida yaşovçi uç nafar fuqaro özlariga tegişli texnika vositalarida noqonuniy ravişda qum-şağal aralaşmasini taşib ketayotganligi aniqlandi.
Davlat inspektorlarining qonuniy talablariga böysunmay qoçişga uringan uşbu haydovçilar tegişli tartibda töxtatilib, Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning tegişli moddasiga binoan bayonnomalar rasmiylaştirildi va ularning har biriga 6 million 600 ming sömdan jarimalar qöllanildi.
Ğ.Hasanov, ÖzA muxbiri