Surxondaryoda boşqaruv samaradorligi qanday oşirilmoqda?
Termizda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boşqaruv samaradorligi agentligi Surxondaryo viloyati filialining joriy yil töqqiz oyida davlat fuqarolik xizmati sohasida amalga oşirgan işlariga bağişlangan matbuot anjumanida şu haqda atrofliça fikr almaşildi.
Unda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boşqaruv samaradorligi agentligi axborot xizmati rahbari Sevara Zakirova agentlikning Surxondaryo viloyat filiali rahbari Akmal Roziqov agentlik vazifalari va viloyatda amalga oşirilgan işlar yuzasidan maʼlumot berdi.

Mamlakatimizda davlat boşqaruvini takomillaştiriş, davlat organlari faoliyatida natijadorlikni taʼminlaş, rahbarlarning şaxsiy masʼuliyatini oşiriş va professional davlat xizmatçilari korpusini şakllantirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Prezidentning 2025-yil 19-iyundagi “Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondaşuvlar asosida taşkil etiş hamda professional va natijadorlikka yönaltirilgan davlat xizmatçilari korpusini şakllantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi, 2025-yil 21-oktabrdagi “Hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş uçun tuman (şahar) hokimliklari faoliyatini tubdan takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi va 2025-yil 6-dekabrdagi “Davlat xizmatida boşqaruv samaradorligini yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonlari bu boradagi işlar sifatini oşirişda muhim huquqiy asos bölib xizmat qilmoqda.
Davlatimiz rahbarining 2025-yil 21-oktabrdagi “Hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş uçun tuman (şahar) hokimliklari faoliyatini tubdan takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoniga muvofiq şu yil 1-yanvardan Surxondaryo viloyati, tuman, şahar hokimliklari boşqaruv tizimini takomillaştiriş böyiça tajriba-sinov tariqasida yangi tartib joriy etildi. Şunga köra, hokimliklarning yangi taşkiliy tarkibiga axborot-tahlil guruhi, energiya menejeri, raqamlaştiriş ofisi va ijro apparati rahbari kabi yangi lavozim hamda tuzilmalar kiritildi. Viloyat hokimi örinbosarlari lavozimining çeklangan soni olti nafar, tuman va şahar hokimlari örinbosarlari soni tört nafar etib belgilandi.

Bu özgarişlar boşqaruv apparatini ixçamlaştirib, vazifalarni aniq taqsimlaş, ortiqça maʼmuriy jarayonlarni qisqartirib, har bir rahbarning öz yönalişi böyiça natija uçun şaxsiy masʼuliyatini oşirişga xizmat qiladi. Şuningdek, viloyat, tuman, şahar hokimlari örinbosarlari hamda hokimliklar boşqaruv apparati xodimlarining faoliyati qayta körib çiqilib, ular uçun natijadorlikka asoslangan yangi samaradorlik körsatkiçlari – KPI tizimi şakllantirildi.

Tahlillar yangi tizim mahalliy masalalarni hal etiş, murojaatlarni körib çiqiş va idoralararo hamkorlikni kuçaytirişda ijobiy natija berayotganini körsatdi. Masalan, Angor tumanida ötgan yil birinçi çoragiga nisbatan 2026-yil birinçi çoragida aholi va tadbirkorlarga körsatilgan kompleks xizmatlar 5 ming 240 tadan 7 ming 860 ta yoki 50 foizga, tadbirkorlik subʼektlariga xizmatlar 680 tadan 1 ming 120 ta yoxud 64,7 foizga, aholiga ijtimoiy va kommunal xizmatlar 2 ming 450 tadan 3 ming 920 ta yoki 60 foizga oşgan. Murojaatlarni körib çiqiş muddati 14 kundan 5 kunga qisqarib, takroriy murojaatlar 402 tadan 300 taga kamaygan.
Jarqörğon tumanida 2026-yil birinçi çoragida kelib tuşgan 2 ming 884 ta murojaatning 1 ming 410 tasi, yaʼni 48,9 foizi joyida hal etilgan. Mahallalarda aniqlangan 702 ta muammoning 431 tasi belgilangan muddatda bartaraf etilgan. “e-qaror”, “e-xat” va “edo.ijro.uz” tizimlari bilan işlaş qaror qabul qiliş muddatlarini örtaça 10-15 kundan 4-5 kungaça qisqartirişga xizmat qilgan. 4 ming 29 ta topşiriqdan 3 ming 742 tasi öz vaqtida bajarilib, ijro körsatkiçi 92,9 foizni taşkil etgan. Infratuzilma masalalarini hal etiş muddati 30-45 kundan 15-20 kunga tuşgan.
Quriliş sohasida ayrim xizmatlar vakolatlarining viloyat darajasida markazlaştirilişi natijasida bir oylik xizmatlar hajmi 1 ming 33 tadan 1 ming 615 taga yaʼni, 56,3 foizga oşgan, xizmat körsatiş muddati esa 3 kundan 7 kungaça uzaygan.

– Şuningdek, yuridik xizmatlar hujjatlari hajmi örtaça 30 foizga, ayrim hududlarda kadrlar bölinmalari iş yuklamasi 2,5 baravarga oşgani qayd etildi, – deydi Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boşqaruv samaradorligi agentligi Surxondaryo viloyati filiali rahbari A. Roziqov. – Axborot xizmati rahbari va davlat tili böyiça maslahatçi vazifalarining bir lavozimda birlaştirilişi ham iş yuklamasi va hujjatlar sifatiga taʼsir körsatgan. Elektron platformalarning töliq integratsiya qilinmagani ham qöşimça vaqt talab etmoqda. Şu bois vakolat va hisobdorlik çegaralarini aniq belgilaş, quriliş sohasida markazlaştirilgan vakolatlarni qayta körib çiqiş, yuridik va kadrlar xizmatlarini kuçaytiriş, axborot xizmati hamda davlat tili böyiça maslahatçi lavozimlarini ajratiş, elektron tizimlarni integratsiya qiliş va bölinmalarning moddiy-texnik taʼminotini yaxşilaş yuzasidan tegişli takliflar işlab çiqildi.

Anjumanda Yangi Özbekiston qiyofasidagi tuman, şahar loyihasi, hududlar kesimidagi ayrim ijtimoiy-iqtisodiy natijalar, inson resurslarini boşqariş va kadrlar salohiyatini rivojlantiriş, milliy kadrlar zaxirasi bilan işlaş, davlat fuqarolik xizmatiga oçiq va şaffof tanlovlar, xalqaro hamkorlik, rahbarlar faoliyatini KPI asosida baholaş natijalari, davlat xizmatçilari va fuqarolar uçun yaratilgan elektron imkoniyatlar, kelgusidagi vazifalar yuzasidan ham atrofliça maʼlumot berildi. Iştirokçilarning taklif va tavsiyalari tinglandi. Jurnalistlar özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Xolmömin Mamatrayimov,
ÖzA muxbiri