Sunʼiy intellekt böyiça intensiv kurs taşkil etildi
Kibermadaniyatni yuksaltiriş oyligi doirasida Sirdaryo viloyati hokimligi hamda viloyat içki işlar boşqarmasi Kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşiş boşqarmasi hamkorligida davlat xizmatçilari uçun sunʼiy intellekt savodxonligi böyiça intensiv kurs taşkil etildi.
Öquv maşğulotlari viloyat pedagogik mahorat markazida olib borilmoqda. Unda davlat taşkilotlari rahbarlari, mutaxassislari va ijroçi xodimlari iştirok etişmoqda.

Dasturdan sunʼiy intellekt texnologiyalarini xizmat faoliyatida qöllaş bilan bir qatorda, kiberjinoyatlarning oldini oliş, internet firibgarliklaridan himoyalaniş, şaxsiy maʼlumotlar va elektron hisoblar xavfsizligini taʼminlaşga oid mavzular ham örin olgan.

— Bugungi kunda sunʼiy intellekt şunçaki zamonaviy texnologiya emas, balki mehnat samaradorligini oşiriş, vaqt va resurslarni tejaş, maʼlumotlarni tezkor tahlil qiliş hamda boşqaruv qarorlarining sifatini yaxşilaşga xizmat qiladigan muhim vositaga aylanmoqda. Har bir soha vakili, ayniqsa, davlat taşkilotlari xodimlari uşbu texnologiyalardan foydalaniş könikmalariga ega bölişi zarur. Şu bilan birga, sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalanişda axborot xavfsizligi, maʼlumotlarning işonçliligi va inson masʼuliyati ustuvor bölib qolişi kerak. Zero, bu texnologiyalardan samarali foydalaniş işga yangiça yondaşiş, vaqtni tejaş va natijadorlikni oşiriş imkonini beradi, — deydi viloyat pedagogik mahorat markazi rahbari Gulasal Berdaliyeva.

Sakkizta amaliy moduldan iborat kursda iştirokçilar ChatGPT, Gemini va Claude modellarining imkoniyatlari, ular bilan işlaş hamda samarali sörovlar (promptlar) tuziş usullarini özlaştirmoqda.

Amaliy maşğulotlarda xizmat hujjatlari va hisobotlarni tayyorlaş, maʼlumotlarni tahlil qiliş, vizual materiallar yaratiş, şaxsiy yordamçilarni şakllantiriş böyiça topşiriqlar bajarilmoqda. Bu esa zamonaviy raqamli vositalarni kundalik iş jarayoniga tatbiq etiş va xizmat vazifalarini yanada samarali taşkil qiliş imkonini beradi.

Mazkur öquv kursi davlat xizmatçilarining raqamli savodxonligini oşiriş, sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan xizmat faoliyatida samarali foydalaniş hamda kiberxavfsizlik talablariga rioya etiş könikmalarini mustahkamlaşga zamin yaratadi.
Ğulom Primov, ÖzA muxbiri