Soğlom ovqatlaniş — salomatlik va uzoq umr garovi
Inson salomatligi köp jihatdan uning kundalik hayot tarzi, ayniqsa, qanday ovqatlanişi, qançalik harakatçanligi va öz soğliğiga qay darajada eʼtibor qaratişiga boğliq. Bugun notöğri ovqatlaniş, kamharakatlik, ortiqça vazn va semizlik nafaqat alohida inson, balki butun jamiyat salomatligiga daxldor muammolardan biriga aylanmoqda. Şu bois kasallikni davolaşdan köra, uning oldini oliş, aholida soğlom hayot könikmalarini şakllantiriş tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ana şu maqsadda Özbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Buxoro viloyati Kengaşi hamda Buxoro tumani tibbiyot birlaşmasi hamkorligida “Soğlom ovqatlaniş — salomatlik garovi” mavzusida seminar-trening taşkil etildi.
Unda Özbekiston “Adolat” SDP Siyosiy Kengaşi raisi Ozoda Parpiboyeva, partiyaning Buxoro viloyat Kengaşi raisi Maqsud Hamidov, Buxoro tumani tibbiyot birlaşmasi rahbari Komiljon Safarov hamda soha mutaxassislari iştirok etişdi.
Tadbirda soğlom ovqatlaniş tamoyillari, oziq-ovqat mahsulotlarini töğri tanlaş, kunlik ovqatlaniş tartibiga amal qiliş, ortiqça vazn va semizlikning oldini oliş, jismoniy faollikni oşiriş masalalari atrofliça muhokama qilindi.
Taʼkidlanganidek, aholi salomatligini mustahkamlaş, soğlom turmuş tarzini keng joriy etiş va ommaviy sportni rivojlantiriş davlat siyosatining muhim yönalişlaridan biridir. Prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan bu borada izçil islohotlar amalga oşirilib, aholining tibbiy madaniyatini oşiriş, kasalliklar profilaktikasini kuçaytiriş va har bir insonda öz salomatligi uçun masʼuliyat hissini şakllantirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.


Jumladan, davlat rahbarining 2020-yil 30-oktabrdagi “Soğlom turmuş tarzini keng tatbiq etiş va ommaviy sportni yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni hamda şu yil 10-noyabrdagi PQ-4887-sonli “Aholining soğlom ovqatlanişini taʼminlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori bu yönalişdagi muhim huquqiy asos böldi. Ularda jismoniy faollikni oşiriş, töğri ovqatlaniş odatlarini şakllantiriş, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi tuz, qand va yoğ miqdorini meʼyorlaştiriş hamda profilaktik tadbirlarni kengaytiriş kabi vazifalar belgilangan.
Mazkur vazifalarning hayotiy ahamiyatini xalqaro statistik maʼlumotlar ham tasdiqlaydi. Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining 2025-yilgi gipertoniya böyiça mamlakat profiliga köra, Özbekistonda 30–79 yoşli aholining 47 foizida yuqori qon bosimi kuzatiladi. Bu qariyb 8 million nafar katta yoşli kişini taşkil etadi. Ularning 6,6 million nafarida esa qon bosimi yetarli darajada nazorat qilinmayapti.
Şuningdek, taşkilot maʼlumotlariga köra, 2022-yilda mamlakatimizda katta yoşli aholining 29,5 foizida semizlik qayd etilgan. Bu raqamlar ortiqça vazn va qon bosimi muammosi alohida holat emas, balki yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet kabi surunkali xastaliklar xavfini oşiruvçi muhim omillardan biri ekanini körsatadi.
Demak, soğlom ovqatlanişni tarğib qiliş şunçaki foydali odatlarni tavsiya etiş bilan çeklanmaydi. Bu — inson umrining sifati, mehnat qobiliyati, oila farovonligi va jamiyatning soğlom kelajagiga bevosita daxldor masaladir.
Seminar davomida mutaxassislar tomonidan kundalik taomnomada sabzavot va mevalar uluşini köpaytiriş, tuz va şakar isteʼmolini çeklaş, yoğli hamda yuqori kaloriyali mahsulotlarni meʼyorida isteʼmol qiliş, yetarli miqdorda suv içiş, muntazam piyoda yuriş va jismoniy maşqlar bilan şuğullaniş böyiça amaliy tavsiyalar berildi.


Şuningdek, oilada soğlom ovqatlaniş muhitini şakllantiriş, bolalarda yoşlikdan töğri ovqatlaniş könikmalarini tarbiyalaş, aholi örtasida tibbiy profilaktika işlarini kuçaytiriş zarurligi qayd etildi.
Tadbirda soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş faqat tibbiyot muassasalarining vazifasi emasligiga ham alohida urğu berildi. Bu borada siyosiy partiyalar, jamoat taşkilotlari, mahalla institutlari va fuqarolik jamiyati vakillarining hamkorligi muhim. Zero, aholiga soğlom hayot tarzining afzalliklarini tuşuntiriş, mavjud muammolarga jamoatçilik eʼtiborini qaratiş va foydali taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş profilaktikaning taʼsirçan vositalaridan biridir.
Tadbir yakunida partiya faoliyatida faol iştirok etib kelayotgan bir guruh faollar “Adolat” kökrak nişoni bilan taqdirlandi.
Eʼtiborlisi, bunday uçraşuvlar aholi salomatligini asraş masalasiga keng jamoatçilik eʼtiborini qaratiş, soğlom ovqatlaniş madaniyatini şakllantiriş va profilaktik işlarni kuçaytirişga xizmat qiladi.
Zero, soğlom jamiyatni barpo etiş, avvalo, har bir insonning öz salomatligiga masʼuliyat bilan munosabatda bölişidan boşlanadi. Bugun dasturxonimizdagi töğri tanlov, kundalik hayotimizdagi faollik va zararli odatlardan voz keçiş ertangi soğlom hayotimiz uçun mustahkam poydevor yaratadi.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri