Zamonaviy diagnostika – samarali profilaktika asosi
1-dekabr – Butunjahon OITSga qarşi kuraş kuni munosabati bilan Toşkent viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasida viloyat OITSga qarşi kuraşiş markazi hamkorligida davra suhbati taşkil etildi.
Unda viloyat hokimligi mutaxassislari, hamkor taşkilotlar vakillari, jamoatçilik faollari, jurnalistlar iştirok etdi. Tadbirda OIV infeksiyasining oldini oliş, uni erta aniqlaş, aholi örtasida tibbiy xabardorlikni oşiriş hamda profilaktika tadbirlarini yanada kuçaytiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Toşkent viloyati OITSga qarşi kuraşiş markazi boş şifokori Nodira Adilova hududdagi epidemiologik vaziyat, tizimda amalga oşirilayotgan islohotlar, erişilgan natijalar va kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida batafsil maʼlumot berdi.
Taʼkidlanganidek, kasallikning oldini olişda aholining xabardorligini oşiriş bilan bir qatorda, zamonaviy diagnostika imkoniyatlarini kengaytiriş va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş ham muhim ahamiyat kasb etadi. Şu maqsadda markaz uçun 1 milliard 223 million sömlik zamonaviy tibbiyot va laboratoriya uskunalari xarid qilinib, foydalanişga topşirildi. Ular orasida PSR analizatori, IXLA tekşiruv uskunasi, biokimyoviy analizator, sovitkiç va muzlatkiçlar, 36 ta monoblok, printerlar hamda boşqa zarur tibbiy jihozlar mavjud. Şu bilan birga, bemorlarni uzluksiz davolaş va sifatli diagnostika bilan taʼminlaş uçun zarur dori vositalari, reagentlar va tibbiy buyumlar ham xarid qilindi.

Qayd etilganidek, joriy yil boşidan beri viloyatda OIV infeksiyasining oldini olişga qaratilgan profilaktik-tarğibot tadbirlari muntazam ötkazilib, ularga 42 ming 717 nafarga yaqin fuqaro jalb etildi. Xususan, 16-noyabrdan 16-dekabrgaça viloyatda “Soğlom hayot sari – birgalikda!” şiori ostida profilaktik tarğibot oyligi ham ötkazilmoqda.
– Uşbu tadbirlarning boş maqsadi OIV infeksiyasi tarqalişining oldini oliş, aholining tibbiy madaniyatini yuksaltiriş, kasallikni erta aniqlaş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda soğlom turmuş tarzini keng tarğib etişdan iborat, – deydi Toşkent viloyati OITSga qarşi kuraşiş markazi mutaxassisi Ahmadjon Aitboyev. – Bugungi kunda Özbekistonda ham BMTning OIV epidemiyasiga barham berişga qaratilgan global “95-95-95” strategiyasi izçil amalga oşirilmoqda. Unga köra, OIV bilan yaşayotgan şaxslarning 95 foizi öz statusidan xabardor bölişi, antiretrovirus davo bilan qamrab olinişi va davolanayotganlarning 95 foizida virus yuklamasi aniqlanmaydigan darajaga tuşirilişi közda tutilgan.

Tadbirda viloyat OITSga qarşi kuraşiş markaziga maxsus kasalliklarni aniqlaşga möljallangan va zamonaviy laboratoriya asboblari bilan jihozlangan xizmat avtobusi topşirildi. Unda olis joylardagi aholidan OIVga test tahlillari olinadi. Şu bilan birga, OIV profilaktikasiga qaratilgan toksomatlar taqdimoti ham bölib ötdi. Endilikda bu texnikalar bojxona punktlariga örnatiladi va fuqarolar özi mustaqil ravişda kasalliklarga qarşi topşirib, natijasini olişi mumkin.
A.Musayev, ÖzA