Raqamli muhitda axborot xavfsizligi – dolzarb vazifa
Bugun raqamli texnologiyalar hayotimizning barça jabhalariga çuqur kirib bormoqda. Axborot oliş va tarqatiş imkoniyatlari kengaygani sari internet makonidagi xavf-xatarlar, noqonuniy kontent, yolğon axborot, kiberbulling va bolalarning yoşiga mos bölmagan maʼlumotlar taʼsiridan himoya qiliş masalasi ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Bu esa axborot sohasida qonuniylikni taʼminlaş, kontent yaratuvçi va tarqatuvçilarning masʼuliyatini oşiriş, eng muhimi, bolalar uçun xavfsiz raqamli muhitni şakllantirişni taqozo etadi.
Nurafşon şahridagi “Yoşlar markazi”da ötkazilgan “Axborot makonida milliy qonunçilik talablari, kontent masʼuliyati va bolalarni zararli axborotdan himoya qilişning dolzarb masalalari” mavzusidagi hududlararo öquv-seminarda ana şu jihatlar atrofliça muhokama qilindi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlaştiriş va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan taşkil etilgan tadbirdan közlangan maqsad axborot sohasida davlat nazoratini amalga oşirişda qonunçilik talablariga rioya etiş, axborot makonida noqonuniy kontent tarqalişining oldini oliş hamda bolalarni zararli axborot taʼsiridan himoya qiliş böyiça masʼul mutaxassislarning bilim va könikmalarini oşirişdan iborat böldi.

Seminarda Toşkent viloyati hokimligi masʼullari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda boşqa manfaatdor taşkilotlarning mutaxassislari qatnaşdi. Jarayon gibrid şaklda taşkil etilib, Toşkent viloyati vakillari bevosita, Sirdaryo viloyati iştirokçilari esa Zoom platformasi orqali masofaviy tarzda qatnaşdi.
Taʼkidlanganidek, raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanişi axborotdan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş bilan birga, uning mazmuni va tarqatilişini nazorat qiliş borasida ham yangi yondaşuvlarni talab etmoqda. Ayniqsa, bolalarning internet va ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanayotgani ularni zararli axborot, axloqsizlik tarğiboti, zöravonlik, kiberbulling va boşqa salbiy taʼsirlardan muhofaza qilişni ustuvor vazifalardan biriga aylantirmoqda.

Xalqaro taşkilotlar maʼlumotlariga köra, dunyodagi internet foydalanuvçilarining qariyb uçdan bir qismini 18 yoşga tölmagan bolalar taşkil etadi. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tadqiqotlarida esa ösmirlarning 11 foizida ijtimoiy tarmoqlardan muammoli foydalaniş belgilari kuzatilgani qayd etilgan. Bu raqamli muhitda bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, ularning axborot isteʼmoli madaniyatini şakllantiriş hamda profilaktik çoralarni kuçaytiriş zarurligini körsatadi.

– Milliy axborot makonidagi monitoring natijalari ham bu yönalişdagi nazorat va profilaktika işlarini izçil davom ettiriş muhimligini körsatmoqda, – deydi "Özkomnazorat" inspeksiyasi bölim boşliği Asliddin Jörayev. – Ötgan davrda aniqlangan holatlarning salmoqli qismi qimor va tavakkalçilikka asoslangan öyinlar, axloqsizlik va behayolik tarğiboti, alkogol va tamaki mahsulotlari, narkotik moddalar reklamasi bilan boğliq. Bu esa har bir axborot tarqatiş bilan şuğullanuvçidan amaldagi qonunçilik talablariga qatʼiy rioya etişni, eʼlon qilinayotgan materiallarning mazmuniga masʼuliyat bilan yondaşişni talab qiladi.
Seminarda Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlaştiriş va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi boşqarma boşliği Ğayrat Bozorov mazkur sohada qonuniylik va xavfsizlikni taʼminlaş masalalariga alohida eʼtibor qaratdi. Şundan söng raqamli avlodni tarbiyalaşda, xavfsiz axborot muhitini şakllantiriş, bolalar manfaatlarini himoya qilişda mahalliy davlat hokimiyati organlarining masʼuliyati, kibermakonda qonun ustuvorligini taʼminlaş kabi masalalar yuzasidan maʼruzalar tinglandi.

Muloqotda ommaviy axborot vositalarining axborot makonidagi örni va masʼuliyatiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi Toşkent viloyati bölimi raisi Rahmatilla Şeraliyev hamda Sirdaryo viloyati bölimi raisi Fayzulla Bobodöstov bolalarni ularning soğliğiga zarar yetkazuvçi axborotdan himoya qilişda bosma ommaviy axborot vositalarining örni haqida söz yuritdi. Şu bilan birga, xavfsiz axborot muhitini yaratişda telekanallar va boşqa media tuzilmalarning masʼuliyatiga ham töxtalib ötildi.
Darhaqiqat, bolalar uçun xavfsiz axborot muhitini yaratiş faqat biror idora yoki taşkilotning vazifasi emas.
Bu jarayonda davlat organlari, ommaviy axborot vositalari, raqamli platformalar, taʼlim muassasalari, fuqarolik jamiyati institutlari va ota-onalarning hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Qonunçilik talablariga rioya etiş, axborot tarqatişda masʼuliyatni his qiliş, bolalarning yoşi va psixologik xususiyatlarini inobatga oliş esa mazkur hamkorlikning asosiy mezonlaridir.

Mazkur hududlararo öquv-seminar ham soha vakillarining özaro tajriba almaşişi, huquqiy bilimlarini mustahkamlaşi va axborot makonidagi mavjud muammolarga kompleks yondaşuvni şakllantirişga qaratilgani bilan ahamiyatli böldi.
A. Musayev, ÖzA