Nukusda kelajak, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi ötkazildi
Nukusda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, “Özmilliybank” aksiyadorlik jamiyati, Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Yoşlar işlari agentligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi hamkorligida Kelajak, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi taşkil etildi.
Unda Orolböyidagi barça oliy öquv yurtlarining talabalari, bitiruvçi yoşlar iştirok etdi.
Tadbirning oçiliş marosimida Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi Farhod Ermanov, “Özmilliybank” aksiyadorlik jamiyati huzuridagi “Kelajakka qadam” markazi direktori örinbosari Xurşid Eşonqulov sözga çiqib, bugungi kunda mamlakatimizda yoşlarning bandligini taʼminlaş borasida amalga oşirilayotgan keng kölamli çora-tadbirlarga, bu borada anʼanaviy tarzda ötkazilib kelinayotgan mazkur yarmarkaning ahamiyatiga töxtalişdi.

Taʼkidlanganidek, yurtimizda ertamiz davomçilari bölgan yoşlarning orzu-istaklarini röyobga çiqariş, ularning istiqbolli loyihalarini qöllab-quvvatlaş bugungi davlat siyosatining boş mezoniga aylandi. Ayniqsa, davlatimiz rahbari taşabbusi bilan hayotga tatbiq etilgan “Kelajakka qadam” dasturi bu borada yangi imkoniyatlar eşigini oçmoqda. Uşbu ezgu taşabbus ijrosini taʼminlaşda “Özmilliybank” aksiyadorlik jamiyati nafaqat moliyaviy kömakçi, balki yoş tadbirkorlarning işonçli hamkori sifatida namoyon bölmoqda.

Darhaqiqat, “Kelajakka qadam” dasturi va “Özmilliybank” aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy kömagi bugungi kunda köplab öğil-qizlarning orzulariga qanot bağişlamoqda. Bu kabi xayrli işlar nafaqat yoşlarning ijtimoiy bandligini taʼminlaydi, balki mamlakatimiz iqtisodiyotining yangi, yoş va ğayratli qatlamini şakllantirişga xizmat qiladi. Zero, bugun yoşlarga körsatilayotgan eʼtibor va berilayotgan imtiyozlar ertangi Özbekistonning mustahkam poydevoridir. Mazkur tadbirning asosiy maqsadi ham yoşlar va işsiz fuqarolar bandligini taʼminlaş, ularning kasbiy salohiyatini röyobga çiqariş, munosib iş örinlariga yönaltiriş va biznes taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşdan iborat.

Yarmarka doirasida iştirokçilar böş iş örinlari va amaliyot dasturlari bilan tanişiş, real iş beruvçilar bilan bevosita muloqot qiliş, işga joylaşiş imkoniyatlarini örganiş, şuningdek, tadbirkorlik faoliyatini boşlaş va moliyaviy qöllab-quvvatlaş mexanizmlari haqida maʼlumot oliş imkoniyatiga ega bölişdi.

Uşbu tadbir yoşlarning kasbiy rivojlanişi, iş bilan taʼminlanişi va tadbirkorlik taşabbuslarini amalga oşirişga xizmat qiladigan muhim platforma bölib, ularning kelgusi faoliyatiga yangi imkoniyatlar eşigini oçmoqda.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri