Fuqarolarning köçmas mulkka bölgan huquqlari eʼtirof etildi
Davlat rahbari taşabbusi bilan boşlangan mulkiy munosabatlarni qonuniy tartibga solişga qaratilgan islohotlar minglab yurtdoşlarimizning yillar davomida yeçimini kutib kelgan muammolariga huquqiy yeçim bermoqda. Buxoro viloyatida ham bu boradagi işlar izçil davom ettirilib, yana minglab fuqarolarning mulkiy huquqlari qonuniy eʼtirof etilmoqda.
Inson uçun öz uyi, yeri va mol-mulkiga nisbatan qonuniy huquqqa ega böliş nafaqat iqtisodiy manfaat, balki xotirjamlik va kelajakka işonç demakdir. Biroq yillar davomida turli sabablarga köra yer uçastkalarini egallagan, ularda uy-joy yoki boşqa inşootlar qurgan ayrim fuqarolarning mulkiy huquqlari tegişli hujjatlar bilan rasmiylaştirilmay qolgan. Bu esa ularning öz mol-mulkini erkin tasarruf etişi, meros qilib qoldirişi yoki boşqa huquqiy harakatlarni amalga oşirişiga tösiq bölib kelgan.
Davlat rahbari taşabbusi bilan mazkur muammolarni tizimli hal etiş, fuqarolarning mulkiy huquqlarini kafolatlaş va yillar davomida töplanib qolgan masalalarga qonuniy yeçim topişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada qabul qilingan “Özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inşootlarga bölgan huquqlarni eʼtirof etiş töğrisida”gi Qonun muhim huquqiy mexanizm vazifasini ötamoqda.
Eʼtiborlisi, uşbu Qonun orqali belgilangan talab va mezonlarga javob beradigan köçmas mulk obʼektlariga bölgan huquqlarni eʼtirof etişning aniq tartibi joriy etildi. Bu esa har bir holatni qonunçilik talablari asosida örganib, fuqarolarning mulkiy manfaatlarini huquqiy jihatdan himoya qiliş imkonini bermoqda.


Ayni paytda mazkur Qonun ijrosi doirasida Buxoro viloyatida ham keng kölamli xatlov işlari olib borilmoqda. Davlat kadastrlari palatasi viloyat boşqarmasining şahar va tuman filiallari mutaxassislari tomonidan yer uçastkalari, ularda joylaşgan bino va inşootlar hamda mavjud maʼlumotlar örganilib, tegişli axborot tizimlariga kiritilmoqda.
Bugungi kunga qadar viloyatda 133 mingdan ortiq köçmas mulk obʼekti xatlovdan ötkazildi. Bu jarayon faqat mavjud mulklarni hisobga oliş bilan çeklanmay, ularning huquqiy holatini aniqlaş, maʼlumotlarni tizimlaştiriş va qonuniy rasmiylaştiriş uçun zarur asosni yaratmoqda.
Amalga oşirilayotgan işlar natijasi raqamlarda ham öz ifodasini topmoqda. Jumladan, avvalroq viloyat böyiça 15 348 nafar fuqaroning köçmas mulkka bölgan huquqlari eʼtirof etilgan edi. Kuni keça esa xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengaşi tomonidan “Eʼtirof” axborot tizimi orqali ijobiy xulosa olgan, huquqiy hujjatlari mavjud bölmagan köçmas mulk obʼektlariga nisbatan yana 3 305 nafar fuqaroning egalik huquqi eʼtirof etildi.
Şu tariqa, viloyatda mazkur Qonun asosida mulkiy huquqlari eʼtirof etilgan fuqarolar soni 18 383 nafarga yetdi.
Bu raqamlar ortida esa minglab oilalarning yillar davomida kutib kelgan huquqiy yeçimi, öz uy-joyiga nisbatan işonç va ertangi kunga daxldor rejalari mujassam. Zero, köçmas mulkka bölgan huquqning eʼtirof etilişi fuqaroga şunçaki hujjat beriş emas. Bu uning mulkiy manfaatlarini davlat tomonidan huquqiy himoya qiliş, mol-mulkini qonuniy asosda tasarruf etiş, meros qoldiriş va iqtisodiy imkoniyatlaridan tölaqonli foydalaniş uçun zamin yaratişdir.


Şu nuqtai nazardan, Buxoro viloyatida olib borilayotgan xatlov va huquqlarni eʼtirof etiş işlari ijtimoiy ahamiyati bilan ham eʼtiborga molik. Çunki mulk daxlsizligi taʼminlangan jamiyatda fuqarolarning davlatga işonçi mustahkamlanadi, iqtisodiy faollik va tadbirkorlik taşabbuslari uçun ham qöşimça imkoniyatlar yuzaga keladi.
Ayni jarayonda fuqarolarning ham faolligi muhim. Xatlov işlarida kadastr mutaxassislariga zarur maʼlumotlarni taqdim etiş, köçmas mulk obʼektlariga oid maʼlumotlarning töğriligini taʼminlaş va belgilangan tartiblarga amal qiliş huquqlarni eʼtirof etiş jarayonining samarali keçişiga xizmat qiladi.
Eng muhimi, bugun yillar davomida hujjatlaştirilmay qolgan mulkiy munosabatlarga qonuniy yeçim topilayotgani islohotlarning markazida inson manfaati turganini yana bir bor namoyon etmoqda. Zero, inson qadri uning huquqlari amalda taʼminlanganida, mol-mulki işonçli himoyalanganida va kelajagini xotirjam rejalaştira olişida namoyon böladi.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri