Serbiya parlamentida kuchlar nisbati o‘zgarishi mumkin
Serbiyada 25-oktabr kuni o‘tkazilgan navbatdan tashqari parlament saylovlarining dastlabki natijalariga ko‘ra, "Talabalar ro‘yxati" harakati Serbiya taraqqiyparvar partiyasi boshchiligidagi koalitsiyadan ustun kelmoqda.
Serbiya davlat teleradiokompaniyasi (RTS) xabariga ko‘ra, Respublika saylov komissiyasi tomonidan 7 807 ta saylov uchastkasi natijalari hisoblab chiqilganidan so‘ng, “Talabalar ro‘yxati” 51,89 foiz, “Birlashgan Serbiya” koalitsiyasi 39,73 foiz ovoz to‘plagan.
Ta’kidlanishicha, talabalar harakati 250 o‘rinli parlamentda 141 ta, hukmron koalitsiya esa 103 ta deputatlik mandatini qo‘lga kiritishi mumkin.
Yakuniy natijalar Respublika saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
A.Mamatov, O‘zA