Sambo: jahon çempionatida Özbekiston 3-örinni egalladi
Toşkentdagi “Olimpiya şaharçasi” sport majmuasida sambo böyiça kattalar örtasida ötkazilgan tarixiy 50-jahon çempionatida 16 ta medallar şodasiga ega çiqqan mamlakatimiz terma jamoasi aʼzolari umumjamoada 3-örinni egalladi.
101 ta mamlakatning 700 nafarga yaqin samboçisi iştirokida ötkazilgan murosasiz bellaşuvlarda Özbekiston terma jamoasi aʼzolari 2 ta oltin, 5 ta kumuş va 9 ta bronza medaliga sazovor böldi.

Hamyurtlarimizdan Mavluda Abdullayeva (jangovar sambo) va Ölmas Rayimov (közi ojizlar) oltin, Çaros Ortiqova (közi ojizlar), Şahzoda Azatova (jangovar sambo), Lutfilla Saydamatov (jangovar sambo), Isoqjon Abdurahmonov (közi ojizlar), Feruza Boboqulova (jangovar sambo) kumuş, Faroğat Nurmamatova (jangovar sambo), Azizabegim Najimova, Nasiba Boboqulova (közi ojizlar), Bahodir Bakiyev (jangovar sambo), Şinar Ibrayeva, Muxlisa Turdiyeva, Sanjar Ablakulov, Xudoyor Ibrohimov, Islom Nosirov (jangovar sambo) öz vaznlarida bronza medallarini qölga kiritdi.

Sambo bellaşuvlarida 101 ta terma jamoadan 25 tasi sovrindorlar qatorida qayd etilgan bölsa, 18 ta oltin, 3 ta kumuş, 4 ta bronza medalini jamğargan Rossiya terma jamoasi umumjamoada 1-örinni egalladi. 2-örindan joy olgan Gruziya terma jamoasi aʼzolari 5 ta oltin, 2 ta kumuş, 3 ta bronza medaliga sazovor böldi. 2 ta oltin, 5 ta kumuş va 9 ta bronza medaliga egalik qilgan Özbekiston terma jamoasi aʼzolari 3-örinni band etdi.
Tölqin Röziyev,
ÖzA