Para şaxmatçilarimiz Bişkekdan 35 ta medal bilan qaytdi
Qirğiziston poytaxti Bişkek şahrida imkoniyati çeklangan şaxmatçilar örtasida ötkazilgan IV Osiyo çempionatida muvaffaqiyatli iştirok etgan Özbekiston terma jamoasi Toşkentga qaytib keldi.
Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida sportçilarni Sport vazirligi, Milliy paralimpiya qömitasi, Özbekiston şaxmat federatsiyasi vakillari, murabbiylar hamda yaqinlari kutib oldi. Tantanali tadbir davomida çempion va sovrindorlarga esdalik sovğalari topşirildi.
Osiyoning 6 ta jamoasidan 50 nafar şaxmatçi qatnaşgan musobaqada mamlakatimiz şarafini 18 nafar sportçi himoya qildi. Yakunda terma jamoamiz jami 35 ta medal — 15 ta oltin, 13 ta kumuş va 7 ta bronza medaliga sazovor böldi.
Ayniqsa, klassik şaxmat yönalişidagi natijalar eʼtiborga molik. Uşbu dasturda vakillarimiz 5 ta oltin, 4 dona kumuş hamda 3 dona bronza, hammasi bölib 12 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinçi örinni egalladi.
Qitʼa çempionatida sovrindor bölgan hamyurtlarimiz orasida Sabohat Ikromaliyeva uçta oltin medal bilan eng yuqori natijani qayd etdi. Ahadxon Kimsanboyev, Nurlan Otamurodov, Aydana Abdullayeva va Farzona Abdumutalipova ikkitadan oltin medalga ega böldi.

Şuningdek, Zuhra Olimjonova, Aziza Amonova, Abbosxon Ahmadxonov va Uralbek Normöminov ham çempionlik şohsupasiga kötarildi. Kamron Davronbekov va Rayhona Şarofova kumuş medallarga, Azizaxon Iskandarova hamda Nurmuhammad Ergaşov esa bronza medallariga sazovor böldi.
Uşbu natija özbekistonlik para şaxmatçilarning xalqaro maydondagi salohiyati va mahorat darajasini yana bir bor namoyon etdi.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA