Ot sporti: Sanjar Rahimov oltin medalni qölga kiritdi
Poytaxtimizdagi “Universal Horses Stable” majmuasida ot sportining konkur yönalişi böyiça “FEI Jumping World Challenge” xalqaro musobaqasining A, B va C toifalarida çavandozlar ğoliblik uçun bahs olib bordi.
Ikkinçi kun yakunlariga köra, A toifasida Mariya Duşçenko (Stendro) birinçi örinni egalladi. Şohrux Obidov (Reyd Scart) ikkinçi, Marufbek Abdullayev (Odemus) uçinçi böldi.
B toifasida Mirzohid Musayev (Pirana) ğoliblikni qölga kiritdi. Saidali Şukurov (Kornet) ikkinçi, Izatillo Abduğaffarov (Kardinal) uçinçi örinni egalladi.
C toifasida esa Sevinç Nazarova (Lady) şohsupaning yuqori poğonasidan joy oldi. Islom Abdukarimov (Kasamira) ikkinçi, Mirzohid Musayev (Koralla) uçinçi natijani qayd etdi.
“FEI Eventing World Challenge” xalqaro musobaqasining uçkuraş yönalişi böyiça bellaşuvlar yakuniga köra, Sanjar Rahimov “Mustang” laqabli ot bilan eng yaxşi natijani qayd etib, musobaqa oltin medalini qölga kiritdi.
Abdulaziz Tolibjonov “Red 2” tulpori bilan ikkinçi, Olimjon Ikromov “Zorro” bilan uçinçi örinni egalladi.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA