MMA böyiça jahon çempionati vakillarimiz uçun muvaffaqiyatli yakunlandi
Gruziya poytaxti Tbilisi şahrida aralaş jang sanʼatlari (MMA) böyiça yoşlar va kattalar örtasidagi jahon çempionati yakunlandi. Xalqaro aralaş jang sanʼatlari federatsiyasi (IMMAF) tomonidan taşkil etilgan musobaqada 60 ta davlatdan 800 nafardan ziyod sportçi iştirok etdi.
Jahon çempionatida Özbekiston terma jamoasi ham munosib natija körsatdi. Hamyurtlarimiz yoşlar va kattalar örtasidagi bahslarda jami 8 ta medal — 2 ta oltin, 3 ta kumuş va 3 ta bronza medaliga sazovor böldi.
Kattalar örtasidagi musobaqada terma jamoamiz 1 tadan oltin, kumuş va bronza medali bilan umumjamoa hisobida 7-örinni egalladi. Terma jamoamiz tarkibida Öğiloy Jumanova (79,4 kg) çempionlik şohsupasiga kötarilgan bölsa, Mustafo Kadamov (61,2 kg) kumuş, Janobiddin Sattorov (83,9 kg) bronza medalini qölga kiritdi.
20 yoşgaça bölgan sportçilar örtasidagi bellaşuvlarda esa vakillarimiz 1 ta oltin, 2 ta kumuş va 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 5-örinni band etdi. Musobaqaning 79,4 kilogrammgaça vaznida Xurşidaxon Roziqova va Nilufar Örolova kabi sportçilarimiz özaro raqobatlaşdi. Özbekça finalda Xurşidaxon ğalaba qozondi, Nilufar esa kumuş medal bilan taqdirlandi. Şuningdek, Doniyor Quvondiqov (88,4 kg) kumuş, Firdavs Atamuratov (61,2 kg) va Feruzbek Payziyev (93 kg) bronza medallariga ega çiqdi.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA