Baydarka va kanoeda eşkak eşiş böyiça köpkuraş kubogining birinçi bosqiçi yakunlandi
Poytaxtimizda baydarka va kanoeda eşkak eşiş böyiça köpkuraş kubogining birinçi bosqiçi bölib ötdi. Unda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 110 nafardan ziyod yoş sportçi ğoliblik va sovrinli örinlar uçun bahs olib bordi.
Anʼanaviy tarzda taşkil etilgan musobaqada sport maktablari hamda Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlaş markazlari tarbiyalanuvçilari iştirok etdi. Bellaşuvlar U14, U16 va U18 yoş toifalarida K-1 va S-1 yönalişlari böyiça ötkazildi.
U14 yoş toifasida K-1 yönalişining 6000 metr masofasida öğil bolalar örtasida Behruz Zokirov ğolib böldi. Natan Tanatmişev ikkinçi, Islom Baxtiyorov uçinçi örinni egalladi. Qizlar örtasida Samina Xantemirova, Mumtoza Inoğomova, Amira Kamolova kuçli uçlikdan joy oldi. S-1 yönalişida Ozodbek Hasanboyev oltin medalni qölga kiritdi.
U16 yoş toifasida K-1 yönalişining 8000 metr masofasida öğil bolalar örtasida David Netreba, qizlar örtasida Alisa Kalinina birinçi örinni egalladi. Guneş Huseyn va Eʼzoza Inoğomova ikkinçi, Dmitriy Sarmin va Yuliana Tropina uçinçi böldi. S-1 yönalişida Nodir Jörayev ğolib deya eʼtirof etildi. Asadbek Saidvaliyev ikkinçi, Elyor Ismatullayev uçinçi örinni band etdi.
U18 yoş toifasida K-1 yönalişida öğil bolalar örtasida Mark Şerbakov, qizlar örtasida Umida Djunusbekova şohsupaning eng yuqori poğonasidan örin oldi. Iskander Abdulin va Husnora Abdusalimova kumuş, Marat Karimov va Darya Valeyeva bronza medaliga sazovor böldi. S-1 yönalişida öğil bolalar örtasida Daler Xolmatov, Oybekjon Ubaydullayev, Askar Uralov ğolib va sovrindorlar qatoridan joy oldi. Qizlar örtasida esa Zebo Oltiboyeva ğoliblikni qölga kiritdi, Xadiça Fayziyeva ikkinçi örinni egalladi.
Köpkuraş kubogi yoş eşkak eşuvçilarning mahorat va salohiyatini namoyon etişi, ularning musobaqa tajribasini oşiriş hamda istiqbolli sportçilarni saralaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
Darvoqe, musobaqaning navbatdagi bosqiçi dekabr oyida ötkazilişi rejalaştirilmoqda.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA