Özbekistonlik hakamlar U-17 jahon çempionatida Daniya – Argentina bahsini boşqaradi
Mazkur bahsni Asqar Najafaliyev boşqarib boradi.
Qatarda 17 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasida ötkazilayotgan jahon çempionatida faoliyat olib borayotgan özbekistonlik hakamlar brigadasi navbatdagi tayinlovni oldi.
Hamyurtlarimiz guruh bosqiçining 3-turidan örin olgan Daniya va Argentina terma jamoalari örtasidagi uçraşuvda işlaydi.
Mazkur bahsni Asqar Najafaliyev boşqarib boradi. Unga qanotlarda Baxtiyorxöja Şavkatov hamda Avazbek Abdullayev yordam beradi.
Daniya – Argentina uçraşuvi 25-noyabr kuni Toşkent vaqti bilan soat 20:30 da boşlanadi.
Ta'kidlaş joizki, bu özbekistonlik hakamlarning joriy mundialdagi uçinçi tayinlovi hisoblanadi. Hamyurtlarimiz avvalroq birinçi turda Mozambik – Daniya, ikkinçi turda esa Urugvay – Gaiti terma jamoalari örtasidagi uçraşuvlarga tayinlangan edi.