Elit OÇL: "Paxtakor" bu safar "Al-Ittihod"ga yutqazdi
Saudiya Arabistonining Jidda şahrida bölib ötgan uçraşuvda "şerlar" mahalliy "Al-Ittihod" jamoasiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Osiyo çempionlar ligasining Elit bosqiçida iştirok etayotgan Toşkentning "Paxtakor" klubi 5-turda navbatdagi mağlubiyatini qabul qilib oldi.
23-noyabr kuni Saudiya Arabistonining Jidda şahrida bölib ötgan uçraşuvda "şerlar" mahalliy "Al-Ittihod" jamoasiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Mezbonlar öyinni faol boşlab, 7-daqiqadayoq hisobni oçişga muvaffaq böldi. Marvan as-Sahafining uzatmasidan keyin Muhannad aş-Şanqitiy jarima maydonçasi içidan aniq zarba yöllab, jamoasini oldinga olib çiqdi.
Goldan keyin "Paxtakor" taşabbusni qölga olişga harakat qildi. Dostonbek Hamdamov bir neça bor masofadan zarba berdi, ammo raqib darvozaboni Predrag Raykoviç öz jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi. Birinçi bölim yakunida Oybek Bozorovning kuçli zarbasini ham serbiyalik posbon qaytarişga erişdi.
Ikkinçi bölimning dastlabki daqiqalarida toşkentliklar yana gol ötkazib yubordi. 47-daqiqada Jorj Ilenixenaning zarbasidan keyin töp darvoza tösiniga tegib qaytdi. Qaytgan töpni esa futbolçining özi darvozaga yöllab, hisobni 2:0 körinişiga keltirdi.
Qolgan vaqt davomida "Paxtakor" murabbiylar ştabi bir qator özgarişlarni amalga oşirdi. Flamarion, Diyor Ermanov va Stiven Çinedu xavfli vaziyatlar yaratdi, biroq mehmonlar raqib darvozasini işğol eta olmadi.
Şu tariqa, "Paxtakor" Elit Osiyo çempionlar ligasining navbatdagi bahsini ham oçkosiz yakunladi. "Al-Ittihod" esa mazkur ğalaba evaziga musobaqadagi oçkolari sonini 7 taga yetkazdi.
Elit Osiyo çempionlar ligasi. 5-tur
23-noyabr. Jidda, "Qirol Abdulloh Sport Siti" stadioni.
"Al-Ittihod" — "Paxtakor" — 2:0
Gollar: Muhannad aş-Şanqitiy (7), Jorj Ilenixena (47).