Özbekiston kubogi. Bugun finalçilar aniqlanadi
Har ikki uçraşuv soat 18:15 da boşlanadi.
24-noyabr kuni Özbekiston kubogining ikki yarim final bahsi bölib ötadi. «Andijon» va «Lokomotiv» Olmaliqdagi OKMK sport majmuasida, OKMK va «Navbahor» esa Toşkentdagi «Lokomotiv» stadionida kuç sinaşadi. Har ikki uçraşuv soat 18:15 da boşlanadi.
«Andijon» – «Lokomotiv»
«Andijon» guruh bosqiçida «Şörtan»ni 3:1, «Havokand»ni 8:1 hisobida yengdi va «Nasaf» bilan 1:1 hisobida durang öynadi. 7 oçko bilan guruhda birinçi örinni egallagan andijonliklar nimçorak finalda «Olimpik-MobiUz» bilan 2:2 hisobida durang öynab, penaltilar seriyasida 5:4 hisobida ustun keldi. Çorak finalda esa Jizzaxda «Söğdiyona»ni 2:1 hisobida mağlub etdi.
«Lokomotiv» kubokni «Loçin»dan uçilga uchragan 0:1 hisobidagi mağlubiyat bilan boşladi. Keyin «Dinamo» bilan 2:2 hisobida durang öynadi va «Ğazalkent»ni 5:1 hisobida yengib, 4 oçko bilan guruhda ikkinçi örinni oldi. Toşkentliklar nimçorak finalda «Bunyodkor»ni 1:0, çorak finalda esa Superliga peshqadami «Neftçi»ni safarda 4:2 hisobida yengdi.
Bugungi holat. «Lokomotiv» Superligada 46 oçko bilan 5-örinda. Jamoa oxirgi turda «Paxtakor»ni 2:1 hisobida yengdi. «Andijon» 32 oçko bilan 12-örinda, sönggi bahsida «Surxon» bilan 0:0 hisobida durang öynadi. Bu mavsum Superligadagi ilk özaro bahs 3:3 hisobida tugagan, ikkinçisida esa «Lokomotiv» Andijonda 3:1 hisobida ğalaba qozongan. Shu natijalar toşkentliklarga ustunlik beradi. «Andijon» esa kubokda «Söğdiyona»ni safarda yengib, hal qiluvçi bahsda natija qila olişini körsatdi.
Boş hakam — Şavkat Nasibullayev.

OKMK – «Navbahor»
OKMK guruhda «Metallurg» bilan 3:3 hisobida durang öynadi, «Qöqon-1912»ni 3:2 va «Aral»ni 2:1 hisobida yengdi. Olmaliqliklar 7 oçko bilan guruhda birinçi böldi. Nimçorak finalda «Xorazm»ni 2:1, çorak finalda «Guliston»ni 2:0 hisobida mağlub etdi.
«Navbahor» guruh bosqiçida Qoraqalpoğiston futbol akademiyasini 9:0 va FarDUni 4:1 hisobida yengdi, «Xorazm» bilan 1:1 hisobida durang öynadi. Namanganliklar 7 oçko bilan guruhda birinçi örinni egallab, nimçorak finalda «Nasaf»ni 1:0, çorak finalda «Ğazalkent»ni 3:1 hisobida mağlub etdi.
Bugungi holat. «Navbahor» Superligada 58 oçko bilan 3-örinda va oxirgi turda peshqadam «Neftçi»ni 3:2 hisobida yengdi. OKMK 45 oçko bilan 6-örinda, sönggi bahsida «Qizilqum»ga 0:1 hisobida yutqazdi. Sönggi tur natijalari namanganliklar foydasiga, biroq 12-oktyabr kuni Olmaliqda ötgan özaro bahs 2:2 hisobida yakunlangan. Bugungi uçraşuvda OKMK nominal mezbon, öyin esa Toşkentda ötkaziladi.
Boş hakam — Ravşan Abduvohidov.
