Abbosbek Fayzullayevning qaçon maydonga qaytişi ma'lum böldi
Bu haqda Istanbul klubi boş murabbiyi Nuri Şahin Turkiya Superligasining 12-turidan örin olgan «Çorum»ga qarşi uçraşuvdan söng ötkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.
Özbekiston milliy terma jamoasi va Turkiyaning «Istanbul Başakşehir» klubi yarim himoyaçisi Abbosbek Fayzullayev jarohati sabab olti hafta davomida maydonga tuşa olmaydi.
Bu haqda Istanbul klubi boş murabbiyi Nuri Şahin Turkiya Superligasining 12-turidan örin olgan «Çorum»ga qarşi uçraşuvdan söng ötkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qildi. Mazkur bahsda «Başakşehir» 4:2 hisobida ğalaba qozondi.
Eslatib ötamiz, Fayzullayev 17-noyabr kuni Özbekiston milliy terma jamoasining Saudiya Arabistoniga qarşi örtöqlik uçraşuvida jarohat olib, maydonni tark etgan edi.
Özbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan e'lon qilingan tibbiy tekşiruv natijalariga köra, futbolçining önğ oyoği töpiq qismi şikastlangani aniqlangan.
Nuri Şahin ma'lum qilgan tiklaniş muddatidan kelib çiqilsa, 23 yoşli hamyurtimiz 2027-yilning yanvar oyi boşlarida safga qaytişi mumkin.